Şavkat Mirziyoyev koronavirusga qarşi töliq emlangani maʼlum böldi

Şavkat Mirziyoyev koronavirusga qarşi töliq emlangani maʼlum böldi

Prezident Şavkat Mirziyoyev koronavirusga qarşi töliq emlangan. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Şerzod Asadov OAV vakillari uçun ötkazilgan brifingda maʼlum qildi. Bu haqda Telegram’dagi «Mikrofon kötargan ayol» kanali xabar berdi.

«Prezidentimiz masʼuliyatli fuqaro sifatida, albatta, vaktsina olganlar. Öşa vaqtda Özbekistonda 3 ta vaktsina röyxatdan ötgan edi: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca va ‘Sputnik V’. Prezidentimiz şu vaktsinalardan biri bilan töliq emlanganlar», — deya taʼkidlagan Şerzod Asadov.

Maʼlumot uçun, Özbekistonda 31 iyul holatiga köra, koronavirusga qarşi jami 7,6 million dozadan ortiq vaktsina qöllanilgan bölib, töliq emlangan fuqarolar soni esa 1 211 019 nafarni taşkil qilmoqda.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev hokimlarga vaktsinatsiya böyiça işlarni qattiqqöllik bilan nazoratga olişni topşirgani maʼlum bölgandi.

×