Bugun, yangi haftaning birinçi iş kunini erta tongdan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraş borasida olib borilayotgan işlarning çuqur tanqidiy tahlilidan boşladi.
Xususan, Toşkent şahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan boğliq holat hamda uni barqarorlaştiriş böyiça çora-tadbirlar davlatimiz rahbari raisligidagi videoselektor yiğilişida körib çiqildi.
Tadbir iştirokçilariga murojaat qilar ekan, Prezidentimiz pandemiya bilan boğliq vaziyat murakkabligiça qolayotganini aytdi. Jumladan, oxirgi tört kunda mamlakat böyiça yangi aniqlangan 2 136 nafar bemorning 1 218 tasi (yaʼni, 57 foizi) poytaxtimiz va Toşkent viloyatiga töğri keladi.
Koronavirusga şubha bölgan barça bemorlarni infektsiya mavjudligini tasdiqlovçi hujjatlarsiz, zotiljam va nafas yetişmovçiligining klinik belgilari mavjudligiga asoslangan holda davolaş muassasalariga qabul qilinişi belgilandi.
Toşkent şahrida mavjud 16 ta klinikaga qöşimça COVID-19ga şubhali bemorlar uçun möljallangan yana 7 ta 850 örinli “provizor” klinikalar taşkil qilindi. Uşbu klinikalarning tibbiyot xodimlariga har bir iş kuni uçun oylik maoşining 6 foizi miqdorida ustama haq tölaş masalasi hal qilindi.
Şavkat Mirziyoyev taʼkidlanidek, bugundan boşlab koronavirusga çalingan bemorlar bilan işlayotgan har bir maxsus şifoxonada alohida tijorat bankining kassalari taşkil qilinib, şifokorlarning 14 kunlik iş xaqini joyida oliş tizimi joriy etiladi.
Koronavirusli bemorlar uçun ajratilgan şifoxonalarga qöşimça 285 dona öpka sunʼiy ventilyatsiyasi apparati, 155 dona öpkani yordamçi nafas oldiriş uskunasi, 140 dona kislorod kontsentratori, 200 ta funktsional yotoqlar bilan taʼminlandi, deya qayd etildi yiğilişda.
“Özekspomarkaz” milliy körgazmalar majmuasida uşbu virusga şubhali bölgan bemorlarga birinçi tibbiy yordam körsatuvçi 500 örinli Taqsimlovçi markaz taşkil qilinmoqda.
Xususiy klinikalarga ham bunday bemorlarga tibbiy yordam körsatişga ruxsat berildi va hozirda ularning röyxati tuzilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligining tuman bölimlariga koronavirusga PTSR-analizi olişga va tahlil javobini Respublika agentligiga yubormasdan, bevosita bemorlarga topşiriş tartibi örnatildi va bu orqali tahlil javoblarini kutiş davri qisqaradi.
Toşkent şahri tez tibbiy yordam stantsiyasida operatorlarning mehnat şaroiti yaxşilandi va bir smenada faoliyat olib borayotgan operatorlar soni 40 tadan 100 nafarga yetkazildi. Stantsiyaga qöşimça elektr tarmoği ulandi, brigadalar soni 250 tagaça köpaytirildi.
Bundan taşqari, Toşkent viloyati tez tibbiy yordam xizmati uçun jami 100 ta “Damas” ambulans maşinasi ajratildi, şulardan 25 tasi joylarga tarqatildi.
Poytaxt viloyatida koronavirus kasalligi gumonlangan şaxslarni davolaş va nazoratini olib boriş uçun 905 şifo örin, diagnozi tasdiqlanganlar uçun 210 örin statsionar şifoxonalar faoliyat körsatmoqda va qöşimça 350 zaxira örin tayyorlab qöyildi.
“Öztelekom” korxonasi tomonidan uyali telefon apparatlari tarqatilmoqda.
Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaş jarayoni uçun 49 xil turdagi dori vositalari zaxirasi uçun dastlabki 10 milliard söm pul ajratilişi rejalaştirildi.
Yiğilişda taʼkidlanidek, 103 telefon raqamiga ulaniş vaqti 1,5 daqiqadan 15 soniyagaça qisqartirildi, murojaatlarning asosiy qismi kelib tuşadigan vaqt oraliğida (soat 18:00 dan 24:00 gaça) eng tajribali operatorlar xizmat körsatişi yölga qöyildi.
Şu bilan birga, pandemiyani jilovlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar joylarda tizimli yölga qöyilmagani körsatib ötildi.
Jumladan, birlamçi tibbiyot böğini, yaʼni oilaviy poliklinikalar va qişloq vraçlik punktlari aholiga yordam beriş uçun 24 soatlik iş rejimiga ötkazilmagan.
Toşkent şahridagi 11 ta tuman köp tarmoqli markaziy va 64 ta oilaviy polikinikada har birida 50 dan 200 nafargaça tibbiyot xodimi mavjud bölsa-da, ularning aksariyati kunning faqat birinçi yarmida bemorlarni qabul qilişadi.
Har bir poliklinikada COVID-19 infektsiyasining yengil yoki simptomsiz keçayotgan bemorlarga konsultativ yordam körsatiş uçun şakllantirilgan 3 ta şifokordan iborat maxsus mobil brigada biriktirilgan bölişi kerak, ammo ayrim brigadalarda umuman vraç yöq.
Deyarli barça poliklinikalarda rentgen-diagnostika kabinetlari mavjud, lekin ularning imkoniyatlaridan umuman foydalanilmayapti.
Agar uşbu poliklinikalar aholini samarali patronaj xizmatini amalga oşirsa, tabiiyki, 103 raqamli tez tibbiy yordamga bosim qisqaradi va aholi orasida sarosima yuzaga kelişining oldi olinadi.
Boş vazir örinbosari Behzod Musayev va Soğliqni saqlaş vazirligiga poytaxtdagi 75 ta polikinikaning imkoniyatlarini, uşbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan 3 mingdan ortiq şifokor va hamşirani infektsiyaning yengil va simptomsiz keçayotgan bemorlarga xizmat körsatişga 24 soatlik uzluksiz rejimda töliq safarbar qiliş topşiriği berildi.
Şuningdek uşbu faoliyatga jalb qilinayotgan şifokor va hamşiralar mehnatini rağbatlantiriş mexanizmlarini işlab çiqiş vazifasi yuklatildi.
Undan taşqari, pandemiya davrida har bir bemorni davolaş uçun kislorodga ehtiyoj keskin ortadi. Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi, Toşkent şaxar 1-son klinik şifoxonasi, Respublika birinçi va ikkinçi son klinik kasalxonasida hamda barça yangi oçilayotgan “provizor” şifoxonalarida 1 000 dan ortiq kislorod ötkazadigan nuqtalar sonini köpaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Toşkent şahri xokimligi, Içki işlar vazirligi hamda har bir tuman hokimi öz hududida joylaşgan tibbiyot muassasalarini doimiy asosda kislorod bilan töldirib borişga şaxsan masʼulligi belgilandi.
Çet davlatlarda öpka yalliğlangan har bir bemor uçun zudlik bilan kislorod kontsentratorlariga maxsus niqoblar kiygiziş orqali havo olişini yengillaştirib, qöliga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetişmovçiligi bartaraf qilinmoqda. Boş vazirga mazkur tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda mamlakatimizga yetkaziş topşiriği berildi.
Buning uçun, agar kerak bölsa, maxsus samolyot ajratilişi, tadbirkorlar tomonidan kislorod kontsentratorlarini Özbekistonga olib kiriş tartib-taomillarini yengillaştiriş çoralari körilişi lozimligi qayd etildi.
Bemorlarni davolaş uçun zarur dori-darmon vositalari zaxiralarini yaratiş maqsadida qöşimça ravişda Toşkent şahri va Toşkent viloyati xokiliklari tegişliça 20 milliard va 10 milliard söm mablağlarni “Dori-darmon” aktsionerlik kompaniyasiga aylanma mablağ sifatida ajratişi belgilandi.
Koronavirusni davolaymiz deb, deyarli barça ixtisoslaştirilgan tibbiyot muassasalari töldirib taşlandi, dedi davlatimiz rahbari. Natijada surunkali kasalligi bor bemorlar malakali tibbiy xizmatdan deyarli mahrum böldi.
Muasaddilarga surunkali kasalliklarni davolaşga ixtisoslaşgan şifoxonalardagi koronavirusga çalingan bemorlarni boşqa joylarga, şu jumladan xususiy klinikalarga köçiriş orqali surunkali xastaligi bor bemorlarga malakali tibbiy xizmat körsatilişini qayta tiklaş çoralarini köriş topşiriği berildi.
Koronavirusga çalingan fuqarolar soni yanada oşib borişi heç gap emas, deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev. Şu munosabat bilan qisqa muddatlarda uşbu kasallikka çalinganlarni davolaş uçun yaratilgan qöşimça örin-joylar sonini, birinçi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boşqa siğimi katta bino-inşootlar hisobiga, kamida ikki-uç barobarga oşirilişini taʼminlaş vazifasi qöyildi.
Pandemiyaning salbiy oqibatlarini jilovlaş va har bir rahbarning masʼuliyatini oşiriş, fidokorlik körsatayotgan tibbiyot xodimlarini rağbatlantiriş işlari davom ettiriladi.
Kasallik öçoğida öz jonini garovga tikib har bir kasalni ölim yoqasidan olib çiqayotgan şifokorlarimizni davlat mukofoti bilan taqdirlaş böyiça takliflar kiritiş topşiriği berildi.
Prezidentimiz qayd etganidek, bugungi kunda respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalaştiriladigan har qanday xarajat ustuvor ravişda pandemiyaga qarşi kuraş tadbirlariga qaratilişi şart. Bundan muhim xarajatlar bölişi mumkin emas.
Şahar va tuman xokimlari 24 soat davomida har bir kasalxonadagi vaziyatni jilovlab turişga masʼul hisoblanadi hamda ularni uzluksiz va muammosiz işlaşiga şaroit yaratib berişiga javobgar deb belgilandi.
Şuningdek, yangi xarid qilinayotgan tez tibbiy yordam avtomobillari faoliyati uzluksizligini taʼminlaş maqsadida iqtisodiyotning turli sohalaridan, birinçi navbatda, faoliyati töxtatilişi oqibatida daromadsiz qolgan yölovçi taşuvçi jamoat transporti uyuşmalarining malakali haydovçilari jalb etilişi yuzasidan vazifalar qöyildi.
Barça sektor rahbarlari iş kunini ertalabdan öz hududlarida kasalxonalardagi ahvolni örganiş bilan boşlaşi qatʼiyan belgilandi.
Har bir rahbar bugungi kunda fuqarolarimizning soğligini saqlab qolişdan muhim vazifasi yöqligini anglaşi şart, dedi Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev.









