Qirğizistonning qamoqdan ozod etilgan sobiq rahbari Almazbek Atamboyev keça, 14 fevral kuni Qöy-Toş qişloğidagi qarorgohida ötkazilgan matbuot anjumanida Özbekiston-Qirğiziston örtasida Kampirobod suv omborini boşqariş va çegara masalalarini hal etiş böyiça kelişuvni olqişladi. U bu haqda gapirarkan, mazkur hujjatning qabul qilinişida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning hissasi katta ekanini aytdi.
“Bu aslida katta qadam. Özbekiston bilan munosabatlar haqiqatan ham quvonarli”, deydi Atamboyev.
Uning sözlariga köra, Kampirobod suv ombori böyiça kelişuvga qarşi çiqqan jamoatçilik vakillarini qamamay, ularga işonçli dalillar keltiriş kerak edi.
“Bu tarixiy qaror. Yaxşiyamki qöşnilarimizda Prezident Mirziyoyev, Karimov emas. Mirziyoyevning Qirğizistonga, Qirğiziston xalqiga munosabatini bilaman. Buni qadrlaş kerak”, deydi Atamboyev.
Özbekiston va Qirğiziston Prezidentlari Şavkat Mirziyoyev hamda Sadir Japarov tomonidan joriy yilning 27 yanvar kuni imzolangan kelişuvga muvofiq umumiy uzunligi 302,29 kilometr bölgan çegara çiziği, jumladan, Özbekiston-Qirğiziston Davlat çegarasining 35 ta uçastkasi belgilandi. Şuningdek, Özbekiston öz hududiga Andijon (Kampirobod) suv omborining 4957 gektarini hamda töğonni saqlaş va muhofaza qiliş uçun qöşimça 19,5 gektarni oladi. Qirğiziston kompensatsiya sifatida 1019 gektar yaylovni oladi.
Özbekiston tomoni suv omboridagi suv sathini 900 metrdan ortiq bölmagan darajada uşlab turiş, qirğiz xalqining resurslardan erkin foydalanişini taʼminlaş (hayvonlarni suğoriş, suğoriş, baliq ovlaş), suv ombori atrofida muhandislik-texnik inşootlar örnatmaslik majburiyatini oladi.
Qirğiziston tomoni esa suvni muhofaza qiliş zonalari taşkil etilişi va suvdan foydalaniş rejimiga rioya etilişini taʼminlaş majburiyatini olmoqda.









