«MegaFon» Anton Çerepennikovga qaraşli «IKS Xolding»ni sotib olişi mumkin, ammo ularning birlaşişi rejalaştirilmagan, deb xabar berdi«Interfaks» agentligi.
«Heç qanday birlaşiş bölmaydi. Balki «MegaFon» «IKS Xolding»ni sotib olar, — deya Usmonovning sözlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.
«MegaFon» 70,32 foizga Alişer Usmonovning USM Group kompaniyasiga tegişli, qolgan 29,68 foiz uluşiga «MegaFon Finans» şöʼba kompaniyasi egalik qiladi.
«Intellektualniye kompyuterniye sistemi» xoldingi 2018 yil dekabrda röyxatga olingan va uning 99 foizi Çerepennikovga tegişli. Uning boşqaruvi ostida 23ta aktiv bölib, ular orasida axborot xavfsizligi tizimlarini yetkazib beriş, ilmiy tadqiqotlar va işlab çiqariş, investitsiyalar bilan şuğullanuvçi «Forpost», «Tsitadel» va «Kriptonit» kabi kompaniyalar bor..
Anton Çerepennikovning asosiy biznesi hamişa Alişer Usmonov bilan boğliq bölgan – u Usmonovdan sotib olgan yoki Usmonovga sotgan.
Ularning birinçi ommaviy kelişuvi USM Group kompaniyasining Çerepennikovga qaraşli Virtus.Pro kibersport jamoasiga 100 mln dollar investitsiya kiritişi bölgan.









