Rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov advokati Yoaxim Ştaynxefel orqali “Forbes” jurnalidagi maqola tufayli tuhmat aybi böyiça Yevropa Ittifoqi Kengaşiga qarşi sudga murojaat qilişi mumkin. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, Ştaynxefel “Forbes” jurnaliga qarşi sudga murojaat qilgan, çunki unda Usmonov “Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni himoya qilgani va uning biznes muammolarini hal qilgani” aytilgan. Bungaça esa Gamburg sudi aynan uşbu maqolani noqonuniy deb topgan, biroq “Forbes” sudga apellyatsiya kiritgan. Çunki naşr maqolani “mualliflik huquqi bilan himoyalangan fikr” ekanini, fakt emasligini aytmoqda.
Yevropa Ittifoqi Kengaşi esa aynan şu maqolani Usmonovga qarşi sanktsiyalar kiritişga asos qilib olgan. Agar Ştaynxefel apellyatsiyada ğalaba qozonsa, u Kengaş bilan ham sudlaşişni davom ettiradi. Qayd etilişiça, advokatning daʼvosi Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar röyxatiga qarşi emas, balki Kengaşdan bahsli bayonotlarni kelajakda tarqatişni töxtatişni talab qilişga qaratilgan.
Usmonovning advokati telekanalga bergan izohida “jurnalistning fikri sanktsiyalar uçun asos böla olmaydi”, deya taʼkidlagan.
“Kengaş manbalarni töğri tekşirmaydi va matbuotdagi tekşirilmagan maqolalar bilan kifoyalanadi, hattoki muallif sudda öz sözidan voz keçganda ham”, deydi advokat.
Bundan taşqari, u Usmonov “Ukrainani beqarorlaştirişni faol qöllab-quvvatlaydi”, degan ayblovni ham rad etmoqda. Çunki bu faqat u Rossiya byudjetiga soliq tölaydigan kompaniya aktsiyalariga egaligi bilan asoslangan. Ştaynxefelning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi Kengaşi “vositaçilar orqali majburlaş” usulidan foydalanib, göyoki “Moskva ustidan taʼsir kuçiga ega” deb hisoblangan biznesmenlarga bosim ötkazmoqda va bu demokratiya tamoyillaridan çetga çiqadi.









