Yevropa Ittifoqi Kreml oligarxlariga sanktsiya qöllamoqçi. Röyxatga Alişer Usmonovdan tortib Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskovgaça bölgan boylar kiritilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi munosabati bilan eng badavlat rossiyalik milliarderlar va kompaniyalar rahbarlariga nisbatan sanktsiyalar qöllaşni muhokama qilmoqda.
Röyxat hali tasdiqlanmagan va özgartirilişi mumkin. Hozirça, “Bloomberg ” maʼlumotlariga köra, uning tarkibiga Alişer Usmonov, Mixail Fridman, “Alfa-Bank” direktorlar kengaşi raisi Pyotr Aven va “Severstal”ning asosiy egasi Aleksey Mordaşov kiradi.
Şuningdek, Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov va dösti Sergey Roldugin ham sanktsiyalar ostida qolişi mumkin.









