Jinoyatçilarga tergov hibsxonasida öz hisobidan telefonda gaplaşişga ruxsat beriladi

Jinoyatçilarga tergov hibsxonasida öz hisobidan telefonda gaplaşişga ruxsat beriladi

Içki işlar vazirligi tergov hibsxonalarining içki tartib qoidalariga özgartiriş va qöşimça kiritiladi. Bu haqda Içki işlar vazirligining buyruği loyihasida keltirib ötilgan.

Hujjatga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tergov hibsxonalarining içki tartib qoidalariga kiritilayotgan qöşimçalar quyidagiça:

Ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslar tergov hibsxonasining maʼmuriyati hukm qonuniy kuçga kirganligi töğrisida sud xabarnomasini olgan kundan boşlab ön kunlik muddat içida jazoni ötaş uçun jönatiladi.

Uşbu muddat davomida mahkum:

•  qarindoşlari yoki boşqa şaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uçraşiş;

•  öz şaxsiy mablağlari hisobidan tölanadigan, ön beş daqiqa davom etadigan bir marta telefon orqali sözlaşiş huquqiga ega.

•  Ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etiş muassasalariga jönatiladi.

Qisqa muddatli uçraşuv va telefon orqali sözlaşuv tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligi ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib-qoidalarida belgilangan tartib asosida amalga oşiriladi.

Şahnoza Töramurotova qalampir.uz

×