Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yangi tahrirdagi «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonun loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöygani haqida xabar qilingandi.
Unda qator yangiliklar közda tutilgan. Jumladan, OAV foto- va videomateriallarni tayyorlaş maqsadida qonunçilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma oliş orqali tegişli davlat organi tomonidan belgilab berilgan hududlarda, qirq metrgaça bölgan balandlikda, vazni uç kilogrammdan ziyod bölmagan uçuvçisiz uçadigan apparatlardan foydalanişi mumkin.
Şuningdek, loyihada röyxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan tegişli körsatkiçlar bilan suratga oliş taqiqlangan hududlardan taşqari jamoat joylari, bino va inşootlarni heç qanday çeklovlarsiz foto va video tasvirga oliş huquqi, OAVlar ustav fondida çet el investitsiyalarining uluşini öttiz foizdan qirq töqqiz foizgaça oşirişga ruxsat berilmoqda.









