Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din işlari böyiça qömita raisi Sodiq Toşboyev boşçiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistonida Umra ziyoratini taşkil qiliş böyiça xizmat safarida böldi.
Delegatsiya butun dunyoda qöllanilayotgan karantin çeklovlari şaroitida Umra safarini taşkil qiliş böyiça Podşohlik muassasalari bilan muzokaralar olib bordi.
Qayd etilişiça, yaqin fursatlarda, COVID pandemiyasi boşlanişidan avval Umra safari uçun pul tölab, navbatda turganlar va boşqa fuqarolar uçun tabarruk ziyoratni amalga oşiriş imkoniyatlari yaratiladi.
Karantin tartiblariga muvofiq mehmonxonalarda ziyoratçilarning xonalarga, avtobuslarda örindiqlarga joylaştirişda oraliq masofa hisobiga 50 foizgaça qisqartiriliş, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlangan holda tarqatiş, örnatilgan boşqa karantin tartib-qoidalarga rioya etiş unçalik katta bölmagan miqdorda qöşimça mablağlarni talab etişi mumkin.
Umra ziyoratlari muddatlari, qöşimça tölov miqdori, vaktsinatsiya töğrisidagi maʼlumotlar tez orada maʼlum qilinadi.









