«Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytiriş uçun aholi, tadbirkorlik subʼektlari, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida» Prezident Farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi.
Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 iyuldan boşlab umumiy ovqatlaniş korxonalari uçun belgilangan xodimlarning yillik örtaça soni 25 nafardan 50 nafarga oşiriladi.
2021 yil 1 iyulga qadar umumiy ovqatlaniş korxonalari karantin çeklovlarining bekor qilinişiga qarab Hukumat tomonidan örnatilgan talablarga rioya qilgan holda hamda hokimliklarni xabardor qiliş orqali özlariga tutaş böş yer uçastkalarida yengil konstruktsiyalarni bepul joylaştiriş va quriş huquqiga ega böladi.
2021 yil 1 iyulga qadar karantin çeklovlarining bekor qilinişiga qarab tadbirkorlarga hokimiyat organlari bilan şartnoma tuzmasdan soliq organlarini xabardor qiliş orqali avtodökon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qiliş huquqi beriladi.
Davlat soliq qömitasi özining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali köçma savdoni boşlaş töğrisida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilişni taʼminlaşi belgilandi.
Şuningdek, umumiy ovqatlaniş korxonalarida isteʼmolçilarga ovqatlaniş yoki xordiq çiqariş xizmatlarini körsatiş uçun yengil konstruktsiyalarni joylaştiriş, quriş va ulardan foydalaniş böyiça vaqtinçalik talablar tasdiqlanadi.
2021 yil 1 yanvarga qadar umumiy ovqatlaniş korxonalarining mavsumiy kafelari işlaşi, şuningdek, köçma savdoni amalga oşiriş tartibi tasdiqlanadi.









