Avvalroq, Özbekiston Musulmonlar idorasi raisi örinbosari Şayx Abdulaziz Mansur musulmonlarning Yangi yil bayramini nişonlaşi böyiça murojaat yöllagani haqida xabar bergan edik.
Unda musulmonlar tomonidan 1 yanvar kunini milodiy sananing yangilanişi sifatida Iso alayhissalomning tavallud kuni yoki boşqa etiqodlarga boğlamagan holda nişonlanişining şarʼan zarari yöqligi aytilgandi.
Şayx Abdulaziz Mansurning murojaati jamoatçilik orasida muhokama va noroziliklarga sabab böldi. Şundan söng u özining aytganlariga izoh sifatida navbatdagi murojaatni eʼlon qildi. Uning qayd etişiça, ilk intervyuda u bir soat davomida gapirib, faktlar asosida tuşuntirişlar bergan. Biroq, intervyu qisqartirilib, tarqatilgan. Jumladan Abdulaziz Mansur şunday deydi:
“Hurmatli aziz tinglovçilar! Assalomu alaykum va Rohmatullohi va barakotuh.
Kuni keça milodiy yangi sana mavzusida efir orqali bir çiqiş qilgan edim. Uni “Ziyo” studiyasi bir soat yozib olgan edi. Eşituvçilarga tuşunarli bölsin, deb men dalillar bilan manbalarini körsatib, Islom dinimizni nuqtai nazaridan bu mavzuga qanday qaralganligi töğrisida bir soat izoh bergan edim. Lekin, afsuski, ertasi kuni mana şu bir soatlik suhbat beş daqiqaga qisqartirilib tarqatilibdi, şu sabab gaplar tuşunarli bölmay qolgan. Şuning uçun xalqimiz orasida, aholimiz örtasida turli tuşunmovçilik va eʼtirozlar paydo böldi. Göyoki “Şayx Abdulaziz Mansur yangi yilni kutişga ruxsat beribdi, bir-birlarini tabriklaşga ruxsat beribdi, yangi yilni oqlab fatvo beribdi”, degan har xil şov-şuv gaplar tarqaldi. Bu gaplar menga yetib keldi. Eʼtirozlarni xammasidan xabarim bor.
Şuning uçun, hozirgi çiqişimda mana şu eʼtirozlarga öz munosabatimni bildirib, izoh bermoqçi edim.
Yangi yil, yangi yilni kutiş yoki tabriklaş yoxud bayram qiliş kabi amallar bizning muqaddas Islom dinimiz manbalarida heç qayerda körsatilmagan. U yöq narsa. Manbada yangi yilni, u qaysi yangi yil bölişidan qatʼi nazar, hattoki hijriy yilni ham kutib olinsin, degan gap yöq.
Şunday bölgandan keyin men qanaqasiga dini Islom manbalarida ahkomlarida, şariatimizda yöq narsani xalqqa tarğib qilaman?!
Men buyuk ustozlarni körgan, ularning tarbiyasini olgan bir ahli ilm odamiman. Men körmagan narsam bölsa, aniqlamagan narsam bölsa, manbalarini aniq bilmasam, könglim dilim taskin topmasa, u gaplarni gapirmayman.
Tuşunmovçilikni isloh qilib, tuzatib qöymoqçimanki, yangi yilni kutib oliş yoki tabriklaş – bu narsalar bizning Islom dinimizda yöq. Bu odat dunyoviy odat bölib kelayotgan narsa. Buni dinga heç qanday aloqasi yöq. Şu narsalarni eşitib xalqimizga javob qilyapman, lekin bu narsalar kifoya qilmayapti.
Şu sababli men xalqimizdan, eşituvçilardan iltimos qilamanki, bizlarni töğri tuşuninglar. Islom dinimizni qöldan kelgança örganib xalqimizga yetkazişni niyat qilganmiz. Mana şu olgan ilmlarimizni, yiqqan kitoblarimizni faqat Islom dini yölida, xalqimizni eʼtiqodi yölida sarflaşni niyat qilganmiz. Şuning uçun Alloh bunday tuşunmovçiliklardan, zalolatdan öz panohida asrasin. Hidoyat uzra barçalarimizni sobit qadam qilsin”.
Sunnatilla Abdullayev









