Özbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi saytida Islom tsivilizatsiyasi markazi direktorining örinbosari Şayx Abdulaziz Mansurning yangi yilni nişonlaniş masalasidagi mulohazalari eʼlon qilindi.
Biz uşbu maqolani töliğiça eʼtiboringizga havola qilmoqdamiz:
“Keyingi yillarda internet sahifalari, turli portal va ijtimoiy tarmoqlarda milodiy Yangi yil kunini bayramona kutib oliş, uşbu munosabat bilan bir-birini tabriklab, ezgu tilaklar bildiriş kabi odatlar islom dini taʼlimotiga zid va kufr degan iddaolarni tarqatiş avj olib bormoqda. Şularni eʼtiborga olib, bu kabi nizoli masalaga baqadri imkon oydinlik kiritiş va unga xolisona yondaşib, öz fikrimizni bayon qilişga qaror qildik.
Aytiş joizki, milodiy sananing hijriy sanadan olti asr oldinroq joriy qilingani, şuningdek, Iso ibn Maryam alayhissalom Allohning qudrati va möʼjizasi tufayli otasiz tuğilgani, u çaqaloqligidayoq gapirib, özini Allohning öğli emas, balki Uning bir bandasi ekanini, ilohiy kitob asosida Bani Isroil qavmiga nabiy sifatida yuborilgani va boşqa başoratlarni gapirib berganini biz Qurʼoni karim oyatlari orqali bilamiz. Şuning uçun ham biz musulmonlar Iso alayhissalomning barça payğambarlar qatori Allohning bandasi va payğambari sifatida eʼtirof etamiz va bunga imon keltiramiz.
Lekin Allohning bu imtihonidan hamma ham birdek muvaffaqiyatli ötolmayotir. Afsuski, odamlar içida “Iso – Allohning öğli” deb eʼtiqod qiladiganlar ham köpçilikni taşkil etadi. Biz – musulmonlar bunday botil aqidaga qöşilmaymiz, albatta. Biz “Baqara” surasining 285-oyatida aytilganidek, birortasini ajratmasdan barça payğambarlarga birdek imon keltiramiz. Iso alayhissalom ularning biri ekanini esa, har bir musulmon juda yaxşi biladi.
Milodiy Yangi yil va uni nişonlaş diniy şiorlar, yaʼni namoz, zakot, röza, haj, umra, ikki hayit va boşqa marosimlarning vaqtini belgilaş hamda ularga amal qilişda hijriy taqvimdan foydalanişga tösqinlik qilmaydi. Bunga eʼtiroz bildiruvçilar “xristianlar yoki boşqa ğayridinlar bayramlarining musulmonlar tomonidan nişonlanişi şarʼiy kitoblarda taqiqlangan-ku, musulmonlar ularga taqlid qilişdan qaytarilgan-ku, ular ham, musulmonlar ham Yangi yilni nişonlasalar, ularga öxşagan bölib qolmaymizmi?”, degan xavotirlariga quyidagiça javob beramiz.
Ahli sunna val jamoa ulamolarining fatvo kitoblarida musulmon özini ğayridinlarga din va eʼtiqodda öxşatişi harom ekani taʼkidlangan. Şuningdek, kiyimiga xoç yoki boşqa botil aqidalarning ramziy belgilarini osib yuriş musulmonlarga nojoizdir. Ammo kiyiladigan, butun başar umum suratda qabul qilingan oddiy libos, zeb-ziynat, uy-joy kabi eʼtiqodga daxl qilmaydigan narsalarda öxşaşlik yuzaga kelgan taqdirda bunga ruxsat beriladi.
Xuddi şuningdek, agar milodiy Yangi yil Xudoning öğli Iso tuğilgan kun deb nişonlansa, bu islom aqidasiga mutlaqo töğri kelmaydi. Biroq, “internet şayx”lari tomonidan bot-bot taʼkidlanadigan “milodiy Yangi yilni nasroniylar Isoning tuğilgan kuni sifatida nişonlaydi”, degan fikr ham ilmiy asosga ega emas.
Ammo musulmonlar tomonidan 1 yanvar kunini milodiy sananing yangilanişi sifatida Iso alayhissalomning tavallud kuni yoki boşqa eʼtiqodlarga boğlamagan holda nişonlanişining şarʼan zarari yöq.
Mana masalan, Özbekiston musulmonlari ham 1 yanvar arafasida bir-birini tabriklab, ezgu tilaklarini izhor etadi. Bugungi dunyoda yaşayotgan millionlab musulmonlarga ham bu odat bölib qolgan. Ana şunday bir şaroitda milodiy Yangi yilni nişonlasa, xristianlarga öxşab qoladi, deb şunça musulmonni kofirga çiqariş mantiqqa töğri keladimi?! Bunday qatʼiy hukm çiqarişdan avval islom aqidasini yaxşiroq örganiş lozim. Musulmonlarni kofirga çiqariş uçun ularning haqiqiy eʼtiqodini aniqlab, keyin hukm çiqariş kerak.
Zero, hadisi şarifda taʼkidlanganidek, “Barça amallar niyatga qarab baholanadi”. Odamlarni kufrda ayblayotgan kişilar şuni bilsinlarki, Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisi şarifda janob Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam birovni kofirga çiqariş qançalik xatarli ekanini taʼkidlab: “Kim öz birodarini kofir desa, qaraladi, agar öşa ikkinçi şaxs haqiqatan kofir bölsa, rost gapirgan böladi. Bordi-yu agar u kofir bölmasa, kofirlik ayblovçining öziga qaytadi”, deb aytganlar.
Maʼlumki, Özbekiston maʼrifat va taraqqiyot yölidan bormoqda. Binobarin, mamlakatimizda diniy bayramlar bilan bir qatorda dunyoviy mohiyatga ega bir qança bayramlarni ham nişonlaş odatga aylangan. Röza va Qurbon hayitlari munosabati bilan davlatimiz rahbarining tabriklari eʼlon qilinişi, hayit namozlari va bayramlarini namunali ötkaziş töğrisidagi qarorlar qabul qilinayotgani, Haj va Umra ziyoratlarining tartibli taşkil etilayotgani, masjidlarimizning soni muntazam oşib borayotgani, diniy adabiyotlarning katta adadlarda naşr etilayotgani natijasida eʼtiqodli xalqimizning imon va ixlosi yanada mustahkamlanib borayotgani uçun Alloh taologa behisob hamdu sano va şukronalar qilişimiz lozim.
Jonajon diyorimizning ham moddiy, ham maʼnaviy jihatdan taraqqiy etayotganini havas qiliş örniga, tirnoq ostidan kir qidirayotgan hasadgöy kimsalarga Allohning özi insof bersin. Yurtimizda davom etayotgan islohotlar, bunyodkorlik, obodonçilik va maʼnaviy barkamollik sari qilinayotgan saʼy-harakatlarga Alloh taoloning Özi fayzu barakotlarini nozil qilsin! Omin!“
Eslatib ötamiz, 2019 yil 12 sentyabr kuni Şayx Abdulaziz Mansur Özbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi direktorining örinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Unga qadar şayx Özbekiston musulmonlari idorasi raisining örinbosari, şuningdek Toşkent şahar boş imom hatibi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.









