XTV maktablarda Yangi yilni nişonlamaslik böyiça bergan bayonotini rad etdi

XTV maktablarda Yangi yilni nişonlamaslik böyiça bergan bayonotini rad etdi

Avvalroq Xalq taʼlimi vazirligi maktablarda bolalar xavfsizligi hamda turli pul yiğimlarining oldini oliş maqsadida Yangi yil bayramini nişonlaş bilan boğliq ayrim çeklovlar  joriy qilgani haqida xabar bergan edik.

Unda Özbekiston Respublikasiga Koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining yiğiliş bayoni hamda Xalq taʼlimi vazirligining tegişli buyruğiga asosan joriy yilda umumtaʼlim maktablari öquvçilari iştirokida taʼlim muassasalari hududida Yangi yil bayramini rejalaştiriş va ötkaziş mumkin emasligi aytilgandi.

Biroq oradan köp ötmay XTV umumtaʼlim maktablarida yangi yil bayramini nişonlaş bilan boğliq heç qanday çeklovlar yöqligini aytib çiqdi.

Vazirlikning maktablarda Yangi yil bayramini nişonlaş bilan boğliq xabarnomaga bergan qöşimça izohida XTV tomonidan umumtaʼlim maktablariga Yangi yil bayramini rejalaştiriş va ötkaziş bilan boğliq çeklov yuzasidan tegişli xati notöğri talqin qilinganini taʼkidlagan.

“Umumtaʼlim maktablari hududida yangi yil bayramini nişonlaş bilan boğliq heç qanday çeklovlar mavjud emasligini bildiramiz.

Şu bilan birga maktablarda pul yiğimlari hamda ota-onalarning eʼtirozlarini oldini oliş maqsadida restoran, kafe va boşqa umumiy ovqatlaniş şahobçalarida maktab öquvçilariga Yangi yil bayramini ötkaziş tavsiya etilmaydi.

Respublika maxsus komissiyasining turli xil korporativ bayram va köngiloçar tadbirlarni taşkil etiş bilan boğliq taqiqlar vazirlik, idora va boşqa davlat taşkilotlariga tadbiq etilganligini maʼlum qilamiz”, deyiladi XTV izohida.

Ammo vazirlikning bu izohi dastlabki bayonotni butkul rad etmoqda. Negaki birinçi bayonotda vazirlik tomonidan umumtaʼlim maktablarida Yangi yil bayramini nişonlaş bilan boğliq taqiqlanuvçi holatlar aniq körsatilgandi. Ular orasiga quyidagilar kiritilgandi:

•    yuqori sinf öquvçilari iştirokida Yangi yil bayramini nişonlaş bilan boğliq har qanday tadbirlarni rejalaştiriş va ötkaziş;

•    bayram bilan boğliq tadbirlarni ötkaziş maqsadida ota-onalardan turli hil noqonuniy pul yiğimlarini amalga oşiriş;

•    maktab foyesi va sinf xonalarini sunʼiy arça va elektr çiroqlar bilan bezatiş (öquvçilar qöl mehnati bilan yasalgan turli bezaklar bundan mustasno).

Istisno tariqasida boşlanğiç sinf öquvçilariga sinf rahbari hamda ota-onalar iştirokida karantin qoidalariga rioya etgan holda, öz sinf xonalarida, dars maşğulotlariga halaqit bermagan holda bayram tadbirlarini ötkaziş hamda maktab hovlisida yangi yil arçasini bezatişga ruxsat berilgandi.

×