Yangi yilni ilk kunida 33 yoşli mast haydovçi bu dunyoni tark etdi

Yangi yilni ilk kunida 33 yoşli mast haydovçi bu dunyoni tark etdi

Angor tumanida Labo kanalga tuşib ketişi oqibatida 33 yoşli haydovçi vafot etdi. Viloyat IIB maʼlumotlariga köra, haydovçi mastlik oqibatida tezlikni meʼyoridan oşirib harakatlanib, boşqaruvni yöqotgan va maşinada kanalga tuşib ketgan.


Surxondaryo viloyati Angor tumanida Labo kanalga ketişi oqibatida maşina boşqaruvida bölgan 33 yoşli haydovçi vafot etdi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Maʼlum bölişiça, 1 yanvar kuni soat 20:00 larda mahalla raisiga kanalga maşina tuşib ketgani haqida xabar kelib tuşgan. Şundan söng mahalla inspektori va raisi voqea joyiga kelib, IIB va FVBga xabar bergan.

Viloyat YHXB boşliği örinbosari Saydulla Safarovning qayd etişiça, haydovçi mastlik oqibatida tezlikni meʼyoridan oşirib harakatlanib, boşqaruvni yöqotgan va maşinada kanalga tuşib ketgan. Hudud örganilganda, kanal atrofida xavfsizlik çoralari körilmagani, harakatlaniş uçun möljallanmagani, yölda taʼmirlaş işlari olib borilmagani va yöl belgilarining sifati yaxşi emasligi aniqlangan.

×