Maktablarda Yangi yilni nişonlaş taqiqlandi

Maktablarda Yangi yilni nişonlaş taqiqlandi

Maktablarda bolalar xavfsizligi hamda turli pul yiğimlarining oldini oliş maqsadida Yangi yil bayramini nişonlaş bilan boğliq ayrim çeklovlar  joriy qilinmoqda. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasiga Koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining yiğiliş bayoni hamda Xalq taʼlimi vazirligining tegişli buyruğiga asosan joriy yilda umumtaʼlim maktablari öquvçilari iştirokida taʼlim muassasalari hududida Yangi yil bayramini rejalaştiriş va ötkaziş mumkin emas.

Şu munosabat bilan, vazirlik tomonidan umumtaʼlim maktablarida Yangi yil bayramini nişonlaş bilan boğliq quyidagi holatlar taqiqlandi:

•    yuqori sinf öquvçilari iştirokida Yangi yil bayramini nişonlaş bilan boğliq har qanday tadbirlarni rejalaştiriş va ötkaziş;

•    bayram bilan boğliq tadbirlarni ötkaziş maqsadida ota-onalardan turli hil noqonuniy pul yiğimlarini amalga oşiriş;

•    maktab foyesi va sinf xonalarini sunʼiy arça va elektr çiroqlar bilan bezatiş (öquvçilar qöl mehnati bilan yasalgan turli bezaklar bundan mustasno).

Istisno tariqasida boşlanğiç sinf öquvçilariga sinf rahbari hamda ota-onalar iştirokida karantin qoidalariga rioya etgan holda, öz sinf xonalarida, dars maşğulotlariga halaqit bermagan holda bayram tadbirlarini ötkaziş hamda maktab hovlisida yangi yil arçasini bezatişga ruxsat berilgan.

Eslatib ötamiz, maktablarda qişki taʼtil 28 dekabrdan boşlanadi.

×