Özbekiston Içki işlar tizimidagi vazni belgilangan meʼyordan ortiq xodimlarga javob bervorilişi mumkin. Bu haqda vazirlik bölim boşliği Farid Abdiyevga asoslanib, «Sof.uz» maʼlum qildi.
Abdiyevga köra, tizimdagi vazni belgilangan normadan ortiqça bölgan xodimlar alohida röyxatga olingan. Şuningdek, ularga öz vazni ustida işlaşlari uçun barça kerakli şaroitlar yaratilib, har biri ogohlantirilgan. Tibbiy muassasalar tomonidan tibbiy yönaliş va ovqatlaniş böyiça tavsiyalar berilgan. Bundan taşqari, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik böyiça uşbu kadrlar bilan alohida maşqlar ötkazilgan.
«Öz ustida işlamagan va ortiqça vaznini yetarli meʼyorga tuşirmagan xodimlar yangi yil çoragida attestatsiyadan ötkaziladi va ularning Içki işlar tizimida öz faoliyatini davom ettiriş yoki davom ettirmaslik masalasi hal etiladi», — dedi Abdiyev.
Maʼlum qilinişiça, keyingi 2020 yilning birinçi çoragi davomida asosiy xizmatlar, xususan, YPX tizimlarida attestatsiya ötkaziladi.









