Özbekistonda Içki işlar xodimlarining maoşi oşirilişi mumkin

Içki işlar xodimlarining maoşi oşirilişi mumkin. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğonadagi yiğilişda maʼlum qildi.

“Yaqinda yangi qaror çiqadi. Tizimni özgartiramiz, yangiliklar kiritamiz. Men içki işlar xodimlaridan minnatdorman. Pandemiya vaqtida osoyiştaligimizni taʼminlaş böyiça ular özini körsata oldi. Şuning uçun ularning maoşini kötariş, sifatli öqitiş va yordam körsatiş böyiça çora-tadbirlar köryapmiz”, dedi prezident.

Şuningdek, Farğona tajribasi sifatida davlat rahbari jinoyatçilik bilan kuraşiş va oldini olişda uning tarbiyaviy ahamiyatiga ham eʼtibor qaratiş kerakligini taʼkidlab, viloyat içki işlar boşqarma boşliği Doniyor Toşxöjayevga şunday topşiriq berdi:

“Jinoyatçilarni nomi bilan, otasini ismi bilan 15 kunda bir martta televedeniye, gazetada foş etiş kerak. Biz jinoyatçilarni sud qilamiz, lekin ommaga oşkor qilmaymiz. Farğona tajribasi sifatida şu işlarni amalga oşirasan!”, dedi davlat rahbari.

×