DXX içki işlar va mudofaa tizimining sobiq xodimlarini uşladi

DXX içki işlar va mudofaa tizimining sobiq xodimlarini uşladi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Samarqand, Sirdaryo, Namangan va Qaşqadaryoda kuç tuzilmalariga işga kiritib qöyişni vaʼda qilib, fuqarolardan pul olgan şaxslarni qölga oldi

Xususan, DXX Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlarining viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirida, 1985 yilda tuğilgan şaxs huquqni muhofaza qiluvçi organlarda işlovçi mansabdor tanişlari orqali fuqaroni DXX idoralariga işga kiritib qöyiş evaziga 50 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlagan.

Maʼlum qilinişiça, u muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyatlar sodir etganligi uçun bir neça bor sudlangan.

Boş bir holatda DXX Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining harbiy xizmatçisi özganing işonçiga kirib, yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali uning farzandini içki işlar idoralariga işga kiritib qöyiş evaziga 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.

Sirdaryo viloyati Baxt şahrida yaşovçi sobiq içki işlar xodimi esa işga kiritib qöyiş evaziga 4 ming AQŞ dollari olgan vaqtda uşlangan. U özini göyoki Milliy gvardiyaning viloyat boşqarmasida işlovçi xodim sifatida taniştirib, Guliston şahrida istiqomat qiluvçi fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga işga kiritib qöyişni vaʼda qilgan. Fuqarodan pul olgan vaqtida DXX va IJQK departamentining hududiy boşqarmalari xodimlari tomonidan qölga olingan.

Pul evaziga Milliy gvardiyaga işga kiritib qöyiş holati Qaşqadaryo viloyatida ham qayd etilgan. Xususan, muqaddam Mudofaa vazirligi tizimida işlab, nafaqaga çiqqan, Qarşi şahrida yaşovçi şaxs 1995 y.t. fuqaroni Milliy gvardiyaga işga kirişida yordam beriş evaziga 4 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×