Elektroşoker va elektrodubinkalar. Içki işlar xodimlari yangi quroldan qanday vaziyatda foydalanadi?

Elektroşoker va elektrodubinkalar. Içki işlar xodimlari yangi quroldan qanday vaziyatda foydalanadi?

Özbekistonda Içki işlar vazirligi deyarli barça mahalliy bölinmalarini elektr toki uriş moslamalari (EŞU) bilan jihozladi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Içki işlar organlari xodimlariga patrul va qorovullik vazifalarini bajariş, şuningdek, jamoat tartibini taʼminlaş uçun elektroşokerlar, elektrodubinkalar va elektr töpponçalar berilmoqda.

Qayd etilişiça, huquqni muhofaza qiliş organi xodimi tomonidan maxsus vositalardan, şu jumladan EŞUdan foydalaniş tartibi Özbekistonning “Içki işlar organlari töğrisida”gi qonuni, şuningdek, Içki işlar vazirligining tegişli körsatmasi bilan belgilanadi.

Maʼlum qilinişiça, EŞUdan foydalanişga IIV tomonidan tasdiqlangan va Soğliqni saqlaş vazirligi bilan kelişilgan maxsus tayyorgarlikdan ötganligini belgilovçi sertifikatni olgan xodimlarga ruxsat beriladi.

Içki işlar organlari xodimi öziga yoki fuqaroga qilingan hujumni qaytarişda, jinoyatni yoki huquqbuzarlikni bostirişda, jinoyatda uşlangan va qoçişga urinişda, qölga olingan fuqarolar va binolarni ozod qilişda hamda ommaviy tartibsizliklarni bostirişda EŞUdan foydalanişi mumkin.

Içki işlar xodimlari Rossiyaning “Mart grupp” zavodi tomonidan işlab çiqarilgan EŞU moslamalari bilan qurollantiriladi.

×