Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasi Ebola epidemiyasi sababli belgilangan 21 kunlik karantinni töliq ötamasa, AQŞga kirişi taqiqlanişi mumkin. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, AQŞ rasmiylari FIFA, Kongo Demokratik Respublikasi futbol federatsiyasi va mamlakat mutasaddilarini jamoa Belgiyada izolyatsiya tartibiga qatʼiy rioya qilişi şartligi haqida ogohlantirgan. Terma jamoa hozirda maşğulot olib bormoqda va ikkita örtoqlik uçraşuvi ötkazişni rejalaştirgan.
“Biz Kongo Demokratik Respublikasi jamoasiga 11 iyun kuni Xyustonga yöl olişidan oldin 21 kun davomida karantinda qolişi şartligini juda aniq tuşuntirdik. Şuningdek, mamlakat rasmiylariga ham uşbu tartibga rioya qiliş zarurligini aytdik. Aks holda, futbolçilar AQŞga kirolmasligi mumkin. Bu borada bundan ham aniqroq gapiriş qiyin”, dedi Oq uyning Jahon çempionati böyiça maxsus guruhi rahbari Endryu Juliani.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) avvalroq Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandadagi Ebola epidemiyasini boşqa mamlakatlar uçun ham xavf tuğdirayotgan favqulodda sanitar holat deb eʼlon qilgan edi. Taşkilotning sönggi maʼlumotlariga köra, mamlakatda virus bilan boğliq 750 dan ortiq holat aniqlangan, 177 kişi esa vafot etgan.
Maʼlumot uçun, Jahon çempionati joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQŞ, Meksika va Kanadada bölib ötadi. Kongo DR terma jamoasi guruhda Portugaliya, Özbekiston va Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşadi.









