Bugun, 19 dekabr kuni Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi zalida «Yangi Özbekiston — yangi saylovlar» şiori ostida ötkazilayotgan bahs-munozaralarning navbatdagi majlisi ötkazilmoqda.
«Özbekistonda keng kölamli özgarişlar şaroitida fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş» mavzuida ötayotgan anjumanda AOKA direktori Komil Allamjonov Özbekistonda söz erkinligi vaqtinçalik deya aytilayotgan fikrlarga öz munosabatini bildirdi:
«Bizda endi orqaga yöl yöq. Söz erkinligi davri tez tugaydi, OAV, ijtimoiy tarmoqlar yopiladi deyiş noörin. Yöq, biz orqaga qaytmaymiz. Internet rivojlanib borayotgan davrda boşqa yölimiz ham yöq. Özbekistonda söz erkinligini mustahkam örnatiş davom etiladi. Özbekiston qayta yopilmaydi. Bizning Agentligimiz bor ekan, bunga yöl qöymaymiz», deya taʼkidladi Komil Allamjonov.









