HeadHunter özbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqlarga bölgan munosabatini örgandi. Natijalarga köra, Özbekistonda ijtimoiy tarmoqlar içida eng maşhuri — Telegram va YouTube. Instagram, Facebook, VKontakte, Odnoklassniki, Linkedln, Twitter, Snapchat esa nisbatan kamroq foydalaniladi.
Sörovnomada 18 yoşdan 45 yoşgaça bölgan 195 kişi iştirok etgan, ularning 63 foizi erkaklar, 37 foizi ayollar, deb yozadi Repost.
Qayd etilişiça, ularning 78 foizi ijtimoiy tarmoqlardan ham kuni foydalanadi. Iştirokçilarning 82 foizini tiğiz kun tartibiga ega bölganlar taşkil etadi. Iş yoki öqişdan böş vaqtni iştirokçilar öz oila aʼzolari davrasida ötkaziş, kitob öqiş, musiqa tinglaşga sarflaydi.
Respondentlarning 41 foizi kun davomida ijtimoiy tarmoqlarga örtaça 1 soatdan 3 soatgaça vaqt sarflaydi, 35 foizi 1 soatdan ortiq vaqt ötkazmaydi, 13 foizi esa 3 soatdan ortiq vaqt sarflaydi.
[:]









