Nurmat Otabekov, Respublika boş sanitariya inspektori, Koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi:
—Avvalo şuni taʼkidlaş kerakki respublikamizda hali karantin çoralari bekor qilinmagan, balki yumşatilgan.
Ammo fuqarolarning notöğri tuşunganliklari natijasida aholi orasida koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni kamaymayotganligi sir emas.
Bir narsani unutmaslik kerak— “men, sen, ular” deyilganidek, karantin tadbirlari kuçaytirilişi va yumşatilişi bizning hatti-harakatlarimizga boğliq, agar biz karantin va çeklov tadbirlarini mensinmas ekanmiz, profilaktik tadbirlarni unutib qöyarkanmiz, mutaxassis şifokorlarning tavsiyalariga rioya etmas ekanmiz, u holda kasallik köpayib ketişiga va Respublika Maxsus komissiyasini karantin çoralari kuçaytiriş töğrisida qaror qabul qilişga majbur qilamiz.









