11 noyabr kuni AOKAda Koronavirusga qarşi kuraşi ştabi aʼzosi Barno Abdusamatova iştirokda brifing ötkazildi. Unda karantin qoidalari yana kuçaytirilişi mumkinmi degan savolga javob qaytarildi.
— Karantin qoidalari yumşatilgani odamlarni xotirjamlikka emas, aksinça, sergaklikka çorlaşi kerak. Çunki endi uyda, işda, köçada, bozorda boşqa odamlar bilan köproq yuzma-yuz bölişadi. Koronovirus infektsiyasi esa öta kontagiozligi bilan xavfli. U juda tez tarqaladi va agressiv. Dunyo böylab kundan kunga kasallangan va vafot etganlar soni ortib bormoqda.
Dunyo tajribasida körinmoqdaki, har qanday çeklovdan köra, odamlar orasidagi karantin madaniyati koronavirusni oldini olişda samaraliroq bölib qolmoqda. Bundan keyin har bir inson pandemiya şaroitida yaşaşga, mehnat qilişga örganişi, unga moslaşişi kerak.
Agarda biz barça sanitariya-gigena qoidalariga rioya qilsak, yaʼni qölni sovun bilan tez-tez yuviş va antiseptik vositalar bilan zararlantirsak, tibbiy niqoblardan töğri foydalansak va ijtimoiy masofani saqlasak, karantin qoidalarini kuçaytirişga hojat qolmaydi, — deydi Barno Abdusamatova.









