Özbekistonda davlat xizmatçilarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari böyiça maʼlumotlar bazasi töplanadi

Özbekistonda davlat xizmatçilarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari böyiça maʼlumotlar bazasi töplanadi

2025 yil 1 sentyabrdan boşlab davlat xizmatçilari örtasida muloqotni kuçaytirişni nazarda tutuvçi «Davlat xizmatçisi» mobil ilovasi işga tuşiriladi. Unda xodim töğrisidagi maʼlumotlar, boğlaniş uçun telefon raqami, poçtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari haqidagi axborotlarni nazarda tutuvçi maʼlumotlar bazasi yaratiladi.

19 iyun kuni «Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondaşuvlar asosida taşkil etiş hamda professional va natijadorlikka yönaltirilgan davlat xizmatçilari korpusini şakllantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Unga muvofiq, 2025 yil 1 sentyabrdan boşlab davlat xizmatçilarining öz könikmalarini doimiy rivojlantirib borişi hamda ular örtasida özaro muloqotni kuçaytiriş böyiça quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvçi «Davlat xizmatçisi» mobil ilovasi işga tuşirilişi belgilangan:

  • masofaviy tarzda davlat xizmatçilarining kompetentsiyalarini rivojlantiriş va malakasini oşiriş hamda bu borada statistik maʼlumotlarni şakllantiriş;
  • davlat xizmatçilari tomonidan davlat organi iş faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan taşabbuslar beriş hamda rahbar tomonidan ularga munosabat bildiriş;
  • davlat xizmatçisining şaxsiy rivojlaniş rejasini tuziş, uning bajarilişini monitoring qiliş;
  • xodim töğrisidagi maʼlumotlar, rahbar xodimlar uçun ular tomonidan muvofiqlaştiriladigan soha va bölinmalar, boğlaniş uçun telefon raqami, poçtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari haqidagi axborotlarni nazarda tutuvçi maʼlumotlar bazasini yaratiş.

Şuningdek, BMT tomonidan 23 iyun kuni – BMTning Davlat xizmati kuni deb eʼlon qilinganligi hamda uşbu kunda davlat xizmati ahamiyatini yoritişga oid maxsus tadbirlar taşkil qilişga çaqirilganligi munosabati bilan har yili har bir vazirlik va idoralarda davlat xizmatçilarining oila aʼzolari uçun «oila kuni» tadbirlari (family day) taşkil etiladi.

Farmonga köra, davlat taşkilotidagi inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş bölinmalari rahbarlari (HR xodimlari) kadrlar siyosati böyiça rahbarning maslahatçisi maqomiga ega böladi. Ular davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi yoki uning filiallari bilan kelişilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

×