ÖzLiDeP vakili: Mutasaddilar​ metropolitendagi voqeani örganişdan oldin, xalqdan uzr sörasin!

ÖzLiDeP vakili: Mutasaddilar​ metropolitendagi voqeani örganişdan oldin, xalqdan uzr sörasin!

Bugun, 19 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida “Saylov kampaniyasini 80 kuni: qanday vaʼdalar berildi va imkoniyatlardan qanday foydalanildi?” mavzusida Xalqaro press-klubning navbatdagi PRESS-KOFEsi bölib ötdi.

Unda siyosiy partiyalar Toşkent metropoliteni Yunusobod yönalişining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan hodisa yuzasidan munosabat bildirişdi.

Nodirjon Muxtorov - Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi:

Biz xorijdagi vatandoşlarimizning mehnat muhofazasini taʼminlaymiz deb, özimizda işlayotgan vatandoşlarimiz iş şaroitidagi xavfsizligiga eʼtiborli bölmayapmiz.

Yirik quriliş obʼektlarini bayramlarda oçiş - bizning urf-odatimiz. Ammo oçilişni obʼekti tayyor bölsagina amalga oşiriş kerak.

Nuriddin Murodov - Özbekiston Liberal demokratik partiyasi:

Metroda sodir bölgan voqeani nazorat qiliş uçun taşkil etilgan komissiya tarkibida deputatlar ham bölişi kerak. Voqea-hodisani örganiş öz yöliga, undan oldin holat yuzasidan mutasaddilar xalqdan uzr sörasin.

Ikki, uç yil oldin quriliş sohasi mutlaqo yopiq edi. U yerda nima bölyapti, nima özgaryapti bilmaganmiz. Hali hanuz “Qişloq quriliş invest”, “Özşahar quriliş invest” muassasalari mutlaqo korruptsiyalaşgan.

Xalqimiz yirik quriliş obʼektlarini qurib bitkazişni bayramlarga töğrilaşga mutlaqo norozi. Bizning partiya ham bu amaliyotga qöşilmaydi.

×