Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov davlat rahbari ötgan haftada iştirok etgan tadbir va voqealar haqida qöşimça axborot berdi va bu haftaning iş mundarijasini maʼlum qildi:
Unga köra, bugun farmatsevtika sanoatida va Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan loyihalar taqdimoti ötkazilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, hafta davomida strategik sohalardagi investitsiya loyihalari taqdimoti hamda “1 million dasturçi” loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslaşgan maktablar faoliyati böyiça taqdimotlar ötkazilişi közda tutilgan.
Bundan taşqari, davlat rahbari Paralimpiya öyinlari sovrindorlari bilan uçraşişi ham möljallanmoqda. 9 sentyabr kuni Şavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida iştirok etadi.









