«Hammamiz manman bölib, xalqdan uzilib ketgan ekanmiz» – Qaşqadaryo viloyati hokimi

«Hammamiz manman bölib, xalqdan uzilib ketgan ekanmiz» – Qaşqadaryo viloyati hokimi

OAVda Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafarjon Röziyev bilan suhbat eʼlon qilindi.

Suhbatda hokimdan sönggi kunlarda ança şov-şuvga aylangan mavzu yuzasidan qolaversa viloyatda kuzatilayotgan özgarişlar haqida söraldi. Şuningdek, hokim suhbatda manmanlikka berilib, xalqdan uzilib qolganligini tan oldi va quyidagilarni taʼkidladi.

Bizdan ham xatolik ötdi. Avvalo, biz, rahbarlar, hammamiz kalondimoğ bölib ketgan ekanmiz, xalqdan uzilib, manman bölib ketgan ekanmiz. Bugun zamon özgardi. Muhtaram Prezidentimiz katta islohotlarni boşladilar, bugun xalqning içiga kirib, har bir oilaning dardini tinglab, uning muammosini özimning muammom deb işlaşimiz kerak. Afsuski, hamma rahbar ham buni hali töla anglab yetgani yöq. Yakkaboğ tumani hokimining örinbosari ham özining vakolatiga kirmaydigan işni qilgan. Bunaqa paytda xalqning oldiga kamida tuman hokimi kelib, böladigan işlarni özi tuşuntirişi kerak edi. Ular anglata olmasa, viloyat hokimi, men kelişim kerak edi. Xalq tuman va viloyat hokimiga işonadi, örinbosarlar yo boşqa idora rahbarlariga emas, degan hokim ÖzA jurnalistiga bergan intervyusida.

×