Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berişni vaʼda qilgan firibgar uşlandi.
Qayd etilişiça, fuqaro O.K. fuqaro O.ga özini göyoki Ispaniya davlatida faoliyat yurituvçi bankning Özbekiston Respublikasidagi vakili sifatida taniştirib, unga tadbirkorlik faoliyati uçun mazkur bankdan 200 000 AQŞ dollari imtiyozli kredit ajratib berişi evaziga 6 300 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Şuningdek tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro O.K. muqaddam fuqarolar K. va Q.ning ham şu yösinda 21 500 AQŞ dollarini olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









