“Tolibon” vakili Mirziyoyevga rahmat aytdi

“Tolibon” vakili Mirziyoyevga rahmat aytdi

Afğoniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid butun afğon xalqi nomidan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga bugungi sinovli davrda qöllab-quvvatlagani va birdamligi uçun çuqur minnatdorlik bildirdi.

“Butun afğon xalqi nomidan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga oğir damlarda mamlakatga körsatayotgan yuksak eʼtibori, qöllab-quvvatlaşi va birdamligi uçun çuqur minnatdorligimizni bildiramiz. Özbekiston rahbari Afğoniston xalqiga kömak körsatiş çaqiruviga birinçilardan bölib eʼtibor qaratgani, uning siyosatini köp millatli xalqimiz çinakam insonparvarlik, birodarlik va yaxşi qöşniçilikning namoyoni sifatida baholaydi”, deydi Zabihullo Mujohid.

Eslatib ötamiz, bugun, 14 sentyabr kuni  Özbekiston Afğonistonga 1 300 tonna insonparvarlik yordamini yubordi. Uni “Tolibon” vakillariga Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov va Özbekiston Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Irgaşev topşirgan. Yordam yukini harakat nomidan Zabihullo Mujohid qabul qilib olgan.

Bundan taşqari, Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun, 14 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo va Hamdöstlik işlari böyiça davlat vaziri lord Tariq Ahmad bilan uçraşuvda jahon hamjamiyatini Afğonistonda tinçlik örnatiş va mamlakatda gumanitar falokatning oldini olişga qaratilgan harakatlarini davom ettirişga çaqirdi.

×