Hukumat farmoyişi bilan Toşkent metropoliteni Yunusobod yönalişining qurilayotgan qismida sodir bölgan hodisa sabablari va oqibatlarini örganiş va uni zudlik bilan bartaraf qiliş böyiça Hukumat komissiyasi tuzildi.
Yuzaga kelgan holatni bartaraf etiş uçun Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Içki işlar vazirligi, Toşkent şahar hokimligi va boşqa idoralarning kuç va vositalari safarbar qilingan.
Hukumat komissiyasi zimmasiga:
- sodir bölgan hodisa sabablari va oqibatlarini joyida batafsil örganiş;
- zarur kuç va vositalarni jalb qilgan holda hodisa oqibatlari zudlik bilan bartaraf etilişini taʼminlaş;
- hodisa oqibatida jabrlanganlar va ularning oila aʼzolariga tibbiy, ijtimoiy va moddiy yordam körsatiş;
- kelgysida şu kabi holatlarning oldini oliş böyiça kompleks çora-tadbirlarni belgilaş va ijrosini qatʼiy nazoratga oliş;
- kunlik amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boriş va örganiş natijalari yuzasidan tegişli xulosa tayyorlaş va Özbekiston Respublikasi Boş vaziriga taqdim etiş vazifasi yuklatilgan.
Eslatib ötamiz, bugun, 18 dekabr kuni surunkali yoğingarçilik oqibatida Toşkent metropoliteni Yunusobod yönalişining qurilayotgan qismida tuproq köçişi sodir böldi.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yöqligi, voqea guvohi bölgan 1975 yil tuğilgan qaşqadaryolik B.M. uşbu holatdan qattiq stressga tuşgani xabari berilgandi.
Eng oxirgi maʼlumotlarga köra, hodisa natijasida uç nafar fuqaro halok bölgani aytilmoqda.









