Rossiyada migrantlar masalalari böyiça yangi idora tuzildi

Rossiyada migrantlar masalalari böyiça yangi idora tuzildi

Putin “Migratsiya sohasida davlat boşqaruvini takomillaştiriş töğrisida”gi 205-sonli Prezident farmoniga imzo çekdi.

Rossiyada migratsiya va fuqarolik masalalari bilan şuğullanuvçi yangi davlat idorasi tuzildi. Joriy yilning 2 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Migratsiya sohasida davlat boşqaruvini takomillaştiriş töğrisida”gi 205-sonli Prezident farmoniga imzo çekdi. 


Farmonga muvofiq, Rossiya IIVning Migratsiya masalalari böyiça Boş boşqarmasi asosida yangi idora - Fuqarolik va xorijiy fuqarolarni röyxatga oliş masalalari böyiça xizmat taşkil etiladi. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning maʼlum qilişiça, IIV huzuridagi Fuqarolik va xorijiy fuqarolarni röyxatga oliş masalalari böyiça Xizmat migratsiya jarayonlarini tartibga soliş va bu boradagi iş surʼatini oşirişga qaratilgan.

"Asosiy vazifa – migratsiya jarayonlarini tartibga soliş, muhojirlarning Rossiya qonunlariga rioya etişini taʼminlaş va huquqbuzarliklarni kamaytirişdan iborat", – dedi Peskov jurnalistlar bilan ötkazilgan matbuot anjumanida.

Şuningdek, prezident Farmoniga köra, Rossiya IIV tizimida yangi lavozim – Rossiya içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Fuqarolik va xorijiy fuqarolarni röyxatga oliş masalalari böyiça xizmat rahbari lavozimi joriy etildi.

Prezident alohida farmon bilan uşbu lavozimga sobiq Boş prokuror örinbosari Andrey Kikotni tayinladi.

Hukumatga uç oy içida yangi xizmatning ştat birliklarini tasdiqlaş topşirildi. 

Eslatiş joiz, 2016 yil 5 aprel kuni imzolagan Prezident farmoniga köra, migratsiya masalalari bilan şuğullanuvçi Rossiya Federal migratsiya xizmati örnida IIVning Migratsiya masalalari böyiça Boş boşqarmasi tuzilgan edi. Endi uning vakolatlari yangi tuzilgan xizmatga ötkaziladi.

Teglar:
×