2021 yil 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov şahri Mustaqillik köçasida joylaşgan 2 qavatli «Indenim» savdo majmuasi binosida çaqnaş sodir bölgan. Çaqnaş natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tuşgan.
FVV xabar berişiça, yonğin-qutqaruv bölinmalari soat 04:02 voqea joyiga yetib borib, çaqnaş natijasida sodir bölgan yonğinni soat 04:25 da öçirgan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, çaqnaş natijasida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan bölib, ular şahar şifoxonasiga yotqizilgan.
Hodisa joyiga Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari A.Ramatov boşçiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa idoralar vakillari kiritilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.









