Endi Özbekistonda umumiy örta, örta maxsus, professional taʼlim taşkilotlari öquvçilari ofitsiant, sotuvçi, sartaroş, buyumlarni qölda taxlovçi-qadoqlovçi, dehqon xöjaligi aʼzosi, yukçi bölib işlaşi mumkin. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan işlab çiqildi.
Uşbu qaror loyihasida aytilişiça, Mehnat kodeksiga muvofiq, şuningdek, soğliğiga hamda maʼnaviy kamol topişiga ziyon yetkazmaydigan, öqiş jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni öqişdan böş vaqtida bajarişi mumkin bölgan umumiy örta, örta maxsus, professional taʼlim taşkilotlari öquvçilarining mehnat huquqlarini taʼminlaş maqsadida ularning mehnat qilişi mumkin bölgan yengil turdagi işlar va kasblar röyxati tuzilgan.
Qolaversa, uşbu röyxatda 40 ta iş va kasblar nomlari keltirilgan.
Bunda 16 yoşdan 18 yoşgaça bölgan xodimlarning iş vaqti faqat yuklarni qölda kötariş va taşiş bilan boğliq bölgan işlardan iborat bölganda, ular uçun yuk kötariş va taşiş normasining çegarasi 4,1 kilogramdan oğir bölmasligi, şuningdek, ular aravaça va vagonetka yordamida yuk taşişlariga jalb etilmasligi lozim.
16 yoşgaça bölgan voyaga yetmaganlar iş vaqtining uçdan bir qismi yuklarni qölda kötariş va taşiş bilan boğliq işlardan iborat bölganda, qölda yuk kötariş va taşiş normalarining çegarasi öğil bolalar uçun – 6,5 kilogram, qiz bolalar uçun – 3,5 kilogramdan oğir bölmasligi lozim.
Şu bilan birgalikda, 15—16 yoşli şaxslarni işga qabul qiliş uning ota-onasidan birining (ota-onasining örnini bosuvçi şaxsning) yozma roziligi mavjud bölganda mehnat şartnomasi asosida amalga oşiriladi.
Umumiy örta, örta maxsus, professional taʼlim taşkilotlari öquvçilarining mehnatidan foydalanişda mazkur nizomga rioya qilmagan şaxslar qonunçilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilişi kutilmoqda.
Mazkur qaror loyihasi 8 may kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Muhokama 23 mayga qadar davom etadi.









