AQŞning Vaşington atrofidagi Endryus aviabazasida yadro uruşi yoki global inqiroz yuz bergan taqdirda mamlakatning oliy harbiy-siyosiy rahbariyatini himoyalangan bunkerlarga favqulodda evakuatsiya qiliş uçun oxirgi 60 yil içida birinçi marta yangi vertolyot eskadrilyasi taşkil etildi. Bu haqda keça, 28 avgust kuni sohaga ixtisoslaşgan “The War Zone” portali xabar berdi.
Qayd etilişiça, 5-vertolyot eskadrilyasi Milliy poytaxt hududida davlat boşqaruvining uzluksizligini taʼminlaş bilan şuğullanadi. Uning vazifasi favqulodda vaziyatlar, inqirozlar yoki poytaxtga nisbatan tahdidlar paytida hukumatning asosiy rahbarlari, harbiy mulozimlar va öta muhim xodimlarni xavfsiz va tezkor taşişdan iborat.
Yangi eskadrilya ixtiyoriga eng yangi HH-60W Jolly Green II vertolyotlari beriladi. Ular 1-vertolyot eskadrilyasi tomonidan ön yillab ekspluatatsiya qilingan maʼnan eskirgan UH-1N Huey'ning örnini egallaydi.
“The War Zone” maʼlumotlariga köra, eskadrilyaning taşkil etilişi – hukumat faoliyatining uzluksizligi protokollarining bir qismi. Vertolyotlar yadro uruşi yoki global inqirozlar yuz bergan taqdirda AQŞning oliy rahbariyatini poytaxt hududidan himoyalangan yer osti bunkerlariga favqulodda evakuatsiya qilişga möljallangan. Qayd etilişiça, AQŞ Prezidenti va hukumat aʼzolarini taşiş hamda favqulodda evakuatsiya qiliş böyiça asosiy funktsiyalarni VH-3D Sea King vertolyotlaridan foydalangan holda AQŞ Dengiz piyodalari korpusining maxsus otryadi bajaradi.
Şuningdek, AQŞ Harbiy-havo kuçlari yangi “Qiyomat kuni” samolyotini işlab çiqiş uçun 2 milliard dollardan ortiq mablağ söragan. Ötgan yili Black Hawk harbiy vertolyoti mamlakatning oliy rahbarlarini Vaşingtondan evakuatsiya qiliş böyiça öquv-maşğulot missiyasini olib borgan.
Missuri universiteti professori Maykl Xadson AQŞ generallari AQŞ Prezidenti Donald Tramp yadro uruşini boşlab yuborişi mumkinligidan xavotirda, degan fikrni bildirgan. Uning sözlariga köra, generallar Amerika yetakçisiga yadro quroli kodlarini topşirişni rad etmoqda, çunki “u undan ötgan şanba kuniyoq foydalangan bölardi”.









