Bloger “Abdulloh” Prezidentga tajovuz qilişda aybdor deb topildi

Bloger “Abdulloh” Prezidentga tajovuz qilişda aybdor deb topildi

“Abdulloh” nomi bilan tanilgan bloger Yugay Valeriy 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, 1999 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan bloger jinoyat işlari böyiça Nurafşon şahar sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) 2-qismi va 158-moddasi (Özbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qiliş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda ötaşi belgilangan.

Bildirilişiça, birinçi instantsiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼatiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida şikoyat beriş va protest keltirişga haqli.


Teglar:
×