Bir balo avlod yetişib kelyapti. Töğri, hammasini kommunikatsiya yo elektronikaga boğlaş, ularni aybdor qiliş oson. Telefonlar yöq payti undoq edi, bundoq edi, deyiş qiyin emas. Aslida esa muammo boşqa joyda.
Qarang, keça bir tiktokçi öquvçining «şantaji»dan 5 kişi işdan ketgani aytildi. Lekini şundaki, kadrlar, ayniqsa, öqituvçilar taqçil bölgan hududlarda osongina böşatib yuborişni qanday izohlaş mumkin?
Xöş, nima qiliş kerak edi? 27 aprelda bölgan voqea 15 mayda ommaga oşkor böldi. Şu paytgaça Bandixon XTB yo maktab maʼmuriyati bu narsadan bexabarmidi? Juda yaxşi bilişgan. Şunçaki videoning tarqalib, jamoatçilik eʼtibori va eʼtiroziga tuşgani ularga qattiq taʼsir qilgan körinadi.
Video qanday qilib va nima maqsadda tarqatildi, deb öylaysiz? Keça «Yoşlar» telekanali suriştiruvida videokamerani yaşirinça joylaştirgan öquvçi bola intervyu berdi. Qanday örnatgani, nega bu işni qilganini aytdi. Ular sinf rahbari bolani urişini oldindan bilgan va buni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylaşni rejalaştirgan.
Endi öylab köring, nega ular avvaldan bilgan? Çunki bu öquvçilar doim şu işni qilib yurgan va öqituvçidan dakki va kaltaklar yegan. Axir sinf rahbari oldin ham tarqalgan video uçun ularni urişgan-ku. Videoni nega tarqatdinglar, degan videosi ham, mana, yana tarqalib turibdi.
Öquvçilarning doim şu işni qilib yurgani böyiça esa boşqa öqituvçilarning gapi bilan xaspöşlaş mumkin. Ammo ularning tiktokçi ekanini aniqlaş qiyin emas. Köça janglarida bir-birini urayotgan, tepayotgan bu ösmirlar tiktokka şu sahnalarni joylab, obunaçi yo layk orttirgan. Darsda yaxşi öqimasligini esa öşa jabrdiydaning onasi ham tasdiqlagan.
Xöş, endi savol: bu bolalar hozirdan şantajni örgansa, bir-birini yo ustozlarini «sotiş»ni örgansa, ertaga kim böladi? Vatanini sotmasligiga kafolat bormi? Maktabda öqimasa, kuni va öy-xayoli tiktokni gullatiş bilan ötsa, bulardan yana nima kutiş mumkin?
Ularning ustakorligini qarangki, sinfxonaga kamerani yaşirinça örnatgan. Bu «qarmoq»qa maktab maʼmuriyati, tuman XTB ham tuşgan. Darrov işdan böşatilgan. Bolani urmasin, sökmasin, biz ham şuning tarafdorimiz. Lekin qars ikki qöldan çiqadi-ku. Öqituvçi urmasligi uçun öquvçi ham tarbiyali va aʼloçi bölişi kerakmasmi? Tarbiyani esa ota-ona beradi.
Tarbiyasiz va bilimsiz ekan, ilm olişni istamas ekan, kelajagini tiktokda körayotgan ekan... Bilamiz, ustozlar talabçan böladi va öz öquvçisini şu talabiga yaraşa bilimli qilişni xohlaydi. Doimiy dars qilmagandan keyin şunça mehnatiga açinadi, alami kelişi tabiiy, şunda özini tutib turolmasligi mumkin. Axir öquvçi yomon bölsin, demaydi-ku.
Paradoks şundan iboratki, Andijonda öqituvçilarni beburd qilganlar bitta uzr bilan qutulib qolişi kerakmi? Oğzidan bodi kirib, şodi çiqadigan qança hokimu örinbosarlar ham keçirim sörab qöya qolişgan. Xalq taʼlimi vazirligi şunday zör ekan, bittada böşatib taşlarkan, unda bu işini hammaga birdek qilsin-da. Yo hamma uzr bilan qutulib qolsin, yo barça işdan haydalsin!
Bu yerda aslida boşqaça yeçim ham bor: masalan, öşa kaltaklaniş ortidan maxsus guruh tuzilib, örganiş olib borib (örganib çiqişdi-ku axir), ota-onalar va öqituvçilar bilan gaplaşişsa bölardi. Otaga öğlining beboşligini aytsa, tuşunar, odam-ku uyam, erkak-ku!
Xullas, ustozlarni işdan haydaş, ularni jazolayveriş bilan muammoni hal qila olmaymiz. Eʼtiborni tarbiyaga qaratiş kerak. Şerzod Şermatov Xalq taʼlimi vaziri bölganda aynan şu narsani yölga qöygandi. Farzandi qilmişi uçun ota-onasini çaqirib, ularga asl holatni yetkaziş amaliyotini joriy qilgandi. Hozir bu bormi yo yöq, bilmayman.
Öqituvçilarning obrösini oşiriş davlat rahbari darajasida turgan ekan, boşqa mutasaddilar bu siyosatga qarşi çiqmasligi kerak. Urgan odam qilmişiga yaraşa jazosini olsin, lekin bolani kim tarbiyalaydi?
Endi öqituvçilar bizni qanday urganlarini aytsak, hozirgi yoşlarga çöpçakka öxşaydi. Öqimaganimiz yo bezoriligimiz uçun kaltak yerdik. Otamizga aytib borsak, kamiga qöşimça qilib berardi: «kazyollik» qilganimiz, yaxşi öqimaganimiz, yomon xulqli bölganimiz uçun. Çunki öqituvçi bekorga jazolamasligini juda yaxşi bilişardi.









