Bugun, 26 may kuni Oyning Yerga eng yaqin kelişi (Super Oy) va töliq tutilişi hodisasi röy beradi. Bu haqda Moskva planetariysiga asoslanib TASS xabar berdi.
Töliq tutiliş tölin Oy hodisasi hamda tabiiy yöldoşning Yerga yangi yaqin kelişi bilan bir paytga töğri kelmoqda. Bunaqasi 12 yilda bir marta sodir böladi.
«Töliq tutiliş 14 daqiqa 30 soniya davom etadi, bu paytda soyada qolgan Oy diskining şimoliy qismi (tepasi) uning boşqa qismlaridan ança yorqin körinadi. Soyaning taşqi qismlari Yerning şimoliy qutb hududlarida yoruğlik atmosfera ozoni tomonidan yutilişi natijasida kökiş tusga kiradi», — deyiladi xabarda.
Oy Yerga 362 ming kilometrgaça yaqinlaşdi. Super Oy deb nomlanuvçi bu hodisani butun dunyoda kuzatiş mumkin böldi. Hodisa vaqti — soat 6:52 (Toşkent vaqti bilan).
Super Oy hodisasidan oradan 10 soatlar ötib, soat 16:19 dan (Toşkent vaqti bilan) Oyning töliq tutilişi yuz beradi. Bu hodisaga Şimoliy Amerikaning ğarbiy sohili, Osiyoning şarqiy sohili, Indoneziya, Avstraliya va Tinç okeani orollarida yaşovçilar guvoh bölişadi.
Rossiyada faqat Sibir janubi-şarqida va Uzoq Şarqda yaşovçilar Oy tutilişini köra olişlari xabarda aytilgan. Bizda esa Quyoş botişi soat 19:44 ga töğri kelgani bois, Oyning tutilişi deyarli sezilmay ötib ketişi mumkin.









