16 dekabr kuni Rossiyaning Leningrad viloyati Tosnenskiy tumani Fedorovskoye qişloğida joylaşgan sanoat zonasida özbekistonlik mehnat muhojirlari oylik maoşlarini ololmayotganidan şikoyat qilib, töpolon kötardi, deb yozadi «Fontanka.ru».
Işçilar «Ija Astaldi-Ij Içtaş» turk-italyan kompaniyasi işlab çiqariş maydonida iş taşlagan.
Qayd etilişiça, uşbu kompaniya Moskva—Peterburg M11 trassasining katta qismini qurgan. Uşbu trassadagi harakatni 27 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin oçib bergan.
Politsiyaçilar 120 ga yaqin özbekistonlik mehnat muhojirlarini içki işlar bölimiga olib ketgan. Ulardan 40 nafarida Rossiyada böliş qoidalari buzilgani qayd etildi.
Qayd etilişiça, kompaniya 16 dekabr kuni 17 million rubl (1780 dollar) dan ortiqroq iş haqini tölab bergan. Yana 44 million rubl (4600 dollar) qarz qolgan, uşbu summa esa oy oxirigaça tölab berilişi aytilmoqda.









