Fanlardan öz vaqtida baho olmagan talabalar uçinçi semestr uçun qöşimça mablağ tölaydi. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi boş boşqarma boşliği Abduvali Holiqov maʼlum qildi.
«Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini kredit-model tizimida taşkil etiş işlari 2020-21-öquv yilidan joriy etib kelinyapti.
Asosiy özgarişlar — ilgari öquv haftalari 38-40 hafta atrofida bölardi. Kredit-model tizimi joriy etilgaç, bu muddat 36 haftaga tuşdi. Soddaroq qilib aytganda, akademik dars jarayonlari 10 oydan 7,5-8 oyga tuşirildi.
Talaba bir semestrda 15 hafta tahsil oladi. Agar bir semestrga 18 hafta ajratilgan bölsa, uning ikki haftasi talabalar uçun özlaştirilmagan fanlarini özlaştirişga, yana bir haftasi yangi fanlar hamda öqituvçilarni tanlaşga sarflanadi.
Yana bir muhim jihati — uçinçi, yozgi semestr ham qöşilgan. Bu — taʼtil davriga töğri keladi va talabalarning arizasiga köra, fanlardan baho olmaganlar uçun taşkil etiladi. Uçinçi semestr uçun ariza bergan talabalar belgilangan tartibda qöşimça mablağni amalga oşiradi.
Hozirça bu tizim böyiça savollar bölyapti, ammo uç yildan söng barça bu tizimga töliq moslaşadi», — dedi Holiqov.









