Namanganda ommaviy töpolon taşkil qilişga urinayotganlarni kim töxtatadi?

Namanganda ommaviy töpolon taşkil qilişga urinayotganlarni kim töxtatadi?

Keça saytimizda Davlat Nazar ismli “jurnalist”ning Namangan viloyatidagi kirdikorlari haqida maqolalar eʼlon qildik. Turli munosabatlar böldi, ijtimoiy tarmoqlarda turli masalaga oid şarhlar, postlar paydo böldi.Feysbuk va Telegramda keça namanganlik turli foydalanuvçilar tomonidan qöyilgan, bu şaxsning viloyat böylab joylarda yurgan videolarni körsangiz, Davlat Nazar deganlarining “nazari”da nima borligini anglaganday bölamiz. Maqsad, xalqni davlatdan norizo ekanday körsatişga uriniş, ijtimoiy taranglik yaratiş, turli çiqişlar bilan tinçlik va osoyiştalikda, bugungi kunidan xursand namanganliklar içiga fitna solişga harakat ekanini anglab oliş muşkul emas.Endi, Davlat Nazar bilan birga Namanganda harakatlanayotgan ikkinçi şaxsga eʼtiborni qaratsak. Bu yana bir xorazmlik, özini “inson huquqlari himoyaçisiman”, deb daʼvo qilayotgan Şabnam Olloşukurova nomli şaxs. Keça Namanganda bir joyga borganda “hali körasanlar, yaqinda Xorazmda bölgan ommaviy töpolonlarni Namanganning boşiga solaman” degan maʼnoda gap gapirgani haqida söz urçidi. Oçiği, bu miş-mişdan bölak narsa emas deb, unça işonmaganday böldim, oçiqçasiga  ommaviy tartibsizlik keltirib çiqariş bilan tahdid qilişgaça bormagan bölsa kerak nima gap bölgan bölsa ham degan öyga bordim. 

 Adaşgandayman... Kim ekan bu Şabnam Olloşukurova deb, Feysbuk sahifasiga qaradim.“Yaqin kunlarda bir guruh tadbirkorlar qözğolon kötariş ehtimoli bor. Közingni oç, hokim.” degan öta tag”maʼnoli”, "davʼatomuz" postga közim tuşdi. Buni öqiboq, keça eşitganlarim yodimga keldi. Içimda savol tuğildi: “Bular 1500 kilometr joydan faqat Şamsiboydan kattagina aqça közlab kelmabdi şekilli” degan... Çunki Namanganda bozor bilan boğliq masalaga heç bir tadbirkorlar guruhi aloqador emas, bozor qanday işlagan bölsa, qança oilani boqib kelgan bölsa şunday davom etyapti, masala ikki hissador örtasidagi sudda körilayotgan iqtisodiy nizo xolos..Davlat Nazar ötgan yili Xorazmda, Qöşköpirda mast bölib töpolon qilgani bilan tanilgaç, uning köplab kirdikorlarini foş etib taşlagan, jabrdiyda Kamolat Umarova degan vatandoşimiz bor. Şu ayol, Davlat Nazarning moliyaviy firibgarligi bilan boğliq bitta postning tagiga yozgan şarhiga közim tuşdi-yu, xavotirlarim jiddiylaşdi:“Urgançdagi ğalayonni kelib çiqişidayam aynan şu Davlat degan xarromini qöli bor”.Xöp, yuqoridagi fikrlarni birlaştirsak, nima maʼno kelib çiqadi? Yoki, hammasi joyida deydigan holatmi bu? Xorazmlik “ommaviy tartibsizlik” eksportyorlari, Namanganning tinçini buzişga kimdan buyruq, kimdan topşiriq olib kelgan?  Tegişli idoralar, bu masalani öz nazoratiga olişi şart, aks holda kelib çiqarilişga urinilayotgan tartibsizlik, garçi amalga oşirişlari imkonsiz bölganda ham, viloyat osuda hayotiga qora bulut keltirişi mumkin...Dilmurod Jumaboyev

×