Avvalroq Çilonzor tumanida Obodonlaştiriş boşqarmasi (TOB) xodimlariga maoş tölaş keçiktirilayotganligi sababli ular hokimlik oldiga yiğilgani haqida xabar bergan edik.
TOB xodimlarining noroziligi yuzasidan tuman hokimi Şavkat Mavlonov xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot ötkazgan. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot jarayonida işçi xodimlarning dekabr oyi avans maoşlari keçiktirilayotganligi maʼlum bölgan.
Tuman moliya bölimi tomonidan bildirilgan izohga köra, Özbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 04.01.2021 yildagi 1-son va Toşkent şahar Moliya boş boşqarmasining 06.02.2021 yildagi 41-sonli buyruqlariga köra, mahalliy byudjetdan moliyalaştiriladigan 1-darajali maoş oylik tölovlari har oyning 20-sanasiga qadar töliq moliyalaştirilişi mumkinligi asos qilingan.
Şunday bölsa-da, muloqot jarayonida tuman Moliya bölimi tomonidan işçi xodimlarga tegişli mablağlar “Ipoteka” banki Çilonzor filialiga ötkazilgan, bank tomonidan esa xodimlarning plastik kartalariga soat 12:00 da ötkazib berilgan.
Bundan taşqari, tuman hokimi tomonidan işçi xizmatçilarning qöşimça takliflari inobatga olinib:
- boşqarma xodimlarini kiyiniş xonasi bilan taʼminlaş taklifi loyihasini işlab çiqiş tuman hokimining örinbosari A.Ahmedovga;
- xodimlarning faoliyatiga aloqador avtoulov masalasini örganib çiqib, yeçimi borasida taklif kiritiş tuman hokimining örinbosari N.Abdurahmonov, tuman moliya mudiri J.Xojimanov va tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi rahbari A.Nurmuhammedovlarga;
- iş mehnatiga qöllaniladigan yagona tarif 3-razryad böyiça berilayotgan maoşni qayta hisoblaş, moddiy rağbatlantiriş, maxsus rağbatlantiriş fondi hisobidan takliflarini işlab çiqiş tuman hokimining örinbosari N.Abdurahmonov, tuman moliya mudiri J.Xojimanov va tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi boş hisobçisi G.Kuatbayevaga yuklatildi.
Bundan taşqari, muloqot jarayonida Çilonzor tumani hokimi Şavkat Mavlonov boşqarmaning barça xodimlariga kelgusidagi iş faoliyatlariga aloqador har qanday masalalar yuzasidan tuman hokimligida haftaning duşanbadan-jumagaça (keç soat 17:00 dan) taşkil qilingan fuqarolar qabulxonasiga murojaat qilişlari mumkinligini taʼkidlab ötgan.









