Osiyo taraqqiyot banki şahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara şartida boşqaruvga topşiriş böyiça konsultatsiya xizmatlarini körsatadi.
Toşkent şahrining kommunal sohasini rivojlantiriş uçun xorijiy investorlar jalb etiladi. Hokimiyatda Osiyo taraqqiyot banki bilan tegişli şartnoma imzolandi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar qildi.
OTB şahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara şartida boşqaruvga topşiriş böyiça konsultatsiya xizmatlarini körsatadi.
Bank kelişuv doirasida Toşkent şahar hokimligining eksklyuziv konsultanti sifatida xorijiy kompaniyalardan kelib tuşgan takliflarni baholaydi. Söngra amaldagi Davlat-xususiy şerikçiligi töğrisidagi qonun talablariga köra, xorijiy kompaniyalaridan kelib tuşgan takliflar asosida terder tanlovini ötkazib, eng maqbul xorijiy kompaniyani “Toşissiqquvvati” DUK bilan Ijara şartnomasini imzolaşda kömaklaşadi.
Mazkur loyihani amalga oşirişdan asosiy maqsad - issiqlik tarmoqlarini modernizatsiyalaş va rekonstruktsiyalaş, tarmoqlardagi bugungi kunda mavjud yöqotişlarni butkul bartaraf etiş va sohada avtomatlaştirilgan xorijiy IT texnologiyalarini qöllaş orqali yuzaga kelayotgan avariya holatlarini oldini oliş.
Loyihani amalga oşirişda zamonaviy menedjment usullari qöllaniladi.









