Özbekistonda kommunal tölovlar narxi oşişi mumkin

Özbekistonda kommunal tölovlar narxi oşişi mumkin

Özbekistonda joriy yil 1 noyabrdan boşlab isitiş (issiqlik energiyasi) va issiq suv tariflari örtaça 30 foizga oşirilişi mumkin. Bu haqda hukumatning bugun, 13 oktyabr kuni jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilingan “Issiqlik taʼminoti sohasida bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasida söz boradi.

Loyihaga köra, 1 noyabrdan isitiş va issiq suv tariflarini aholi uçun respublika böyiça 30 foizga oşiriş taklif etilmoqda.

Loyiha böyiça aholiga körsatiladigan markazlaşgan issiqlik taʼminoti xizmatlarining 2026 yil 1 noyabrdan kuçga kiradigan yangi tariflari:


Şuningdek, “Aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlaşning bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasi bilan maişiy ballonlarda yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz narxini esa 1 kg uçun 2 ming sömdan 5 ming sömga oşiriş nazarda tutilmoqda. Bunda ehtiyojmand oilalarga oyiga 20 kg gaça suyultirilgan gazning har bir kilogrammi uçun 3 ming söm kompensatsiya tölanadi, yaʼni ular uçun narx meʼyor doirasida 2 ming sömligiça qoladi. Buning uçun 158 mlrd söm ajratiladi.

Şu bilan birga, gazlaştirilmagan va tabiiy gaz yetib borişi qiyin bölgan hududlarda yaşovçi aholi uçun isitiş mavsumida elektr energiyasining bazaviy meʼyorini oşiriş taklif etilmoqda. 2026 yil 1 noyabrdan oylik bazaviy meʼyorni amaldagi 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatga yetkaziş rejalaştirilgan.

Yangi tartibga köra, 201-350 kVt·soat oraliğidagi elektr energiyasi amaldagi 900 sömdan emas, balki 650 sömdan hisoblanadi. Bu qöşimça hajm uçun tarifning qariyb 28 foizga pasayişini anglatadi.

Masalan, oyiga 350 kVt·soat elektr energiyasi isteʼmol qiladigan xonadonda tölov 265 ming sömdan 227,5 ming sömga tuşadi. Şu tariqa bir oyda 37,5 ming söm tejaladi. 250 kVt·soat isteʼmol qilinganda tejam 12,5 ming söm, 300 kVt·soatda esa 25 ming sömni taşkil etadi.

Yangi bazaviy meʼyor gazlaştirilmagan abonentlarning qariyb 80 foizini qamrab olişi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga köra, 1,5 mln dan ortiq xonadon isitiş mavsumida deyarli 171 mlrd söm mablağni tejab qolişi mumkin. Bir xonadon hisobiga örtaça tejam oyiga 27,5 ming söm atrofida böladi.

Isitiş mavsumi Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr-fevral oylarini, boşqa hududlarda esa noyabr–fevral oylarini qamrab oladi.

Bundan taşqari, tabiiy gaz tarmoğiga ulangan, ammo ayrim davrlarda gaz yetib borişi qiyin bölgan hududlardagi xonadonlar ham mazkur muammoga duç kelmoqda. 2025 yil 2 dekabrdan 2026 yil 17 martgaça bölgan davrda bunday xonadonlar soni ayrim kunlarda 5 mingtadan 607 mingtagaça özgargan.

Energiya tariflari islohoti doirasida aholini qöllab-quvvatlaş faqat elektr energiyasi böyiça imtiyoz bilan çeklanmaydi. 2026 yil noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martali 1 mln sömdan yordam ajratiş rejalaştirilgan. Elektr va tabiiy gaz böyiça kompensatsiya oliş mezoni ham kengaytiriladi, natijada qöşimça 166 ming oila qamrab olinadi.

Şuningdek, bazaviy meʼyordan yuqori isteʼmol uçun kompensatsiya beriş muddatini 2027 yil 1 apreldan 2028 yil 1 aprelga qadar uzaytiriş taklif etilmoqda. Bu 470 ming oilaning yana bir yil davlat kömagidan foydalanişini taʼminlaydi. Mazkur maqsad uçun qöşimça 150 mlrd söm ajratilişi rejalaştirilgan.

Energiya xarajatlarini uzoq muddatda kamaytiriş uçun “oğir” toifadagi mahallalarda davlat taʼminotidagi oilalarning 3 mingta xonadonida energiya samaradorligiga qaratilgan işlar davom ettiriladi. Uylarni issiqlikni saqlovçi materiallar bilan izolyatsiyalaş, energiya tejamkor deraza va eşiklar örnatiş, quyoş panellari hamda geliokollektorlardan foydalaniş şular jumlasidan.

Şu tariqa elektr energiyasining qişki bazaviy meʼyorini oşiriş qisqa muddatli yengillik vazifasini bajarsa, uy-joylarni energiya samarador qiliş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini joriy etiş uzoq muddatda aholi xarajatlarini kamaytirişga qaratilgan.

Loyihalar muhokamasi joriy yil 28 oktyabrga qadar davom etadi.


Teglar:
×