7-dekabrdan 8-dekabrga ötar tunda taxminan soat 3.10 da Çilonzor tumanidagi Muqimiy va Baynalminal köçalari kesişmasida “Labo” rusumli avtomobilni boşqarib borgan haydovçi beton tösiqqa töqnaşgan. YTH natijasida “Labo” avtomobili ağdarilib ketgan. Haydovçiga yordam beriş uçun IIBB xodimlari va hodisa guvohlari kelib, avtomobilni ğildiraklariga önglab qöyişgan. “Labo” haydovçisi kabinadan çiqmas edi. Voqea joyiga birinçi bölib yetib kelgan PPX xodimi yöl harakati xavfsizligi xizmatiga YTH haqida xabar berdi. Haydovçidan tibbiy yordam kerakligi haqida söramoqçi bölganida, PPX xodimi haydovçining ğayritabiiy harakatlari va gaplariga, hamda harakatlarida muvofiqlik yöqligiga eʼtibor qaratib, bu haqda YPX inspektorlarini ogohlantirgan edi. Taxminga köra haydovçi psixotrop vositalar yoki spirtli içimliklar taʼsiri ostida bölgan. Kutilmaganda haydovçi YTH joyiga yetib kelgan YPX inspektorlariga qarşilik körsata boşlab, tinçlaniş va jamoat tartibini saqlaş haqidagi çaqiruvlarga javoban tajovuzkorona harakatlar qilgan.

Yonidagi piçoğini çiqarib, kimda kim yaqinlaşsa unga jarohat yetkazişi bilan qörqitardi. Ötib ketayotgan haydovçi va piyodalar töxtab tomoşa qila boşlaganlari sababli hodisa atrofida odam köpaya boşlagaç, fuqarolar va xodimlar hayoti va soğliği uçun real xavf yuzaga keldi. Şunda YPX inspektori kiçik serjant T.O. tabel qurolini qöllaşga qaror qiladi. YPX inspektori bir neça marta haydovçini qörol qöllaşi haqida ogohlantirişiga qaramasdan, haydovçi özini agressiv tutişda davom etib, xodimlarga piçoq sançimoqçi bölgan. Şundan söng YPX inspektori yöriqnomaga muvofiq harakat qilib, osmonga öq uzdi, bu ham qoidabuzarga taʼsir qilmaganidan söng, uning oyoğiga qarata öq özdi. Faqatgina şundan söng qoidabuzar piçoğini taşladi. Uning qöllari kişanlanib, tibbiy yordam körsatiş uçun şifoxonaga yetkazildi.
Haydovçining şaxsini aniqlaş böyiça olib borilgan işlar natijasida u – Şayxontohur tumanida yaşovçi, muqaddam Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 (“Qasddan odam öldiriş”) va 109-moddalari (“Qasddan badanga yengil şikast yetkaziş”) böyiça sudlangan 43 yoşli Nusrat I. ekanligi maʼlum böldi.

“Labo” avtomobili salonida oçiq holatdagi aroq va konyak şişalari topildi.
Hozirgi vaqtda fuqaro Nusrat I. öz harakatlarini tuşuntirişga qodir emas, çunki u ayni damgaça mast holatdadir.
Çilonzor tumani prokuraturasi Nusrat I.ga nisbatan jinoiy iş qözğatilişi masalasi bilan şuğullanmoqda.
Toşkent şahar IIBB boşliği general-mayor Djurayev R. xodimlarni rağbatlantiriş haqida topşiriq berdi.
Maʼlumot uçun: öqotar qurolni qöllaş Özbekiston Respublikasi “Içki işlar organlari töğrisida”gi Qonunining 24-moddasi bilan belgilangan.









