2023 yil 10 fevral kuni soat 11:15 da Töraqörğon tumani IIBga 21 yoşli B.M. qönğiroq qilib, nomaʼlum şaxs Töraqörğon tumani Hamroh köçasida joylaşgan xonadoniga yuziga niqob taqqan holda kirib, uni va 1 yoşli qizini öldiriş bilan qörqitib, hayot va soğlik uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, qölida bölgan piçoq bilan uning böyin qismiga jarohat yetkazganini aytadi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda. Şuningdek, u uyida bölgan narxi 19 mln. 200 ming sömlik tilla-taqinçoqlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kiritib voqea joyidan yaşiringanligi haqida xabar berib, nomaʼlum şaxsga nisbatan qonuniy çora körişni va olib ketilgan tilla-taqinçoqlarini qaytarişda amaliy yordam berişni söragan.
Mazkur holat yuzasidan Töraqörğon tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan nomaʼlum şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida jabrlanuvçi B.M. turmuş örtoğining eʼtiborini öziga jalb qiliş maqsadida, şu kuni xonadonida heç kim yöqligidan foydalanib, barça xonalarini titib taşlab, birga yaşovçi qaynonasi yotoqxonasidan 19 mln. 200 ming sömlik tilla-taqinçoqlarini yaşirib qöyadi. Böyniga igna orqali jarhot yetkazib, göyoki yaşaş xonadoniga nomaʼlum şaxs ğayriqonuniy ravişda kirib, piçoq bilan özi va çaqaloğini öldiriş bilan qörqitib, tilla taqinçoqlarni olib ketganligi haqida Töraqörğon tumani IIBga yolğon xabar berganligi aniqlangan.
B.M.ning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda özi tomonidan yaşirilgan tilla taqinçoqlar aşyoviy dalil sifatida xolislar iştirokida rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan B.M. Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksning 237-moddasi 2-qismi “g” bandi (öta oğir jinoyat sodir etişda ayblab sodir etilgan yolğon xabar beriş) bilan ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Jinoyat işi ayblov xulosasi bilan tegişli sudlov organiga yuboriş masalasini hal etiş uçun Töraqörğon tuman prokuraturasiga yuborilgan.









