Internet tarmoğida “Karantin davrida bu qanday vahşiylik” nomli videorolik tarqalişi fakti böyiça tezkor xabar

Internet tarmoğida “Karantin davrida bu qanday vahşiylik” nomli videorolik tarqalişi fakti böyiça tezkor xabar

5 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda «Lacetti», «Captiva», «Spark» rusumli avtomobillar Toşkent şahrining Şayxontohur va Olmazor tumanlari köçalarida xavfli tarzda va maxsus tovuş va yoruğlik signallarini işlatgan holda harakatlanganliklari körinib turibdi.


Aniqlanişiça, uşbu videorolik 21 yoşli avtoelektrik Xusniddin Ş. Va 23 yoşli videomontajçi Mavlonjon M. tomonlaridan joylangan. Suhbat davomida aniqlanişiça, rolik joriy yilning 23 fevral kuni Kiçik xalqa avtomobil yölida, General Uzoqov va Şifokorlar köçasida yuqoridagi elektrikning xizmatini reklama qiliş maqsadida olingan, avtomobillar esa uning tanişlariga tegişli bölgan. Dastavval videorolik Xusnidin Ş. Tomonidan 1 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarga joylangan, 5 aprel kuni esa nusxalangan. Hozirgi karantin va transport vositalari harakati çeklovi şaroitida videorolik tarmoq foydalanuvçilarining noroziliklarini uyğotdi.
Transport vositalari haydovçilari aniqlandilar. «Lacetti» (davlat raqami 01 D 515 XA) rusumli avtomobil hozirda 32 yoşli Zafar N.ga tegişli bölib, u maşinani yuqoridagi Mavlonjon M.dan 19 mart kuni (video suratga olingandan söng) xarid qilgan. «Captiva» (davlat raqami 70 Q 111 OA) rusumli avtomobil 24 yoşli qaşqadaryolik Toxirbek Ş.ga tegişli. «Spark» (davlat raqami 01 T 077 CA) rusumli avtomobil esa 24 yoşli Azizbek U.ga tegişli.
Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari yoruğlik va tovuş moslamalari noqonuniy tarzda örnatilganligini, şuningdek transport vositalari guruh bölib harakatlanib, bu bilan yöl harakati xavfsizligiga tahdid solinganligi faktlarini aniqlaşdi.
Qoidabuzarlarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 127 moddasi (“Transport vositalarining tovuş çiqaruvçi, yorituvçi va boşqa qurilmalaridan foydalaniş, ularni örnatiş qoidalarini buziş”) hamda 183 moddasi (“Mayda bezorilik”) böyiça bayonnomalar rasmiylaştirildi. Eslatib ötamiz, mayda bezorilik, yaʼni jamoat joylarida uyatli sözlar bilan sökiniş, fuqarolarga haqoratomuz şilqimlik qiliş hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyiştaligini buzuvçi şu kabi boşqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik – bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi.
Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 291 moddasiga muvofiq avtomobillar jarima maydonçasiga joylanadi. Tekşiruv davom etmoqda. Şayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan qoidabuzarlarga nisbatan maʼmuriy qamoq qöllaş masalasi hal qilinmoqda.
Hurmatli hamşaharlar va Toşkent mehmonlari! Yöllarda bu kabi “köngilxuşliklar” qiliş va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylaş har qanday davrda ham noörindir, ayniqsa bugungi kunda. Yöl harakati qoidalari va jamoat tartibi buzilişini ijtimoiy tarmoqlardagi mediakontent orqali ommalaştirişning keragi yöq. Videobloging uçun boşqa mavzularni tanlang, çunki uşbu yönaliş sizning avtomobillaringizni şinamgina jarima maydonçasiga joylaşişiga, özingizni esa Toşkent şahar IIBBning xalqda “15 sutka” deb nomlanuvçi maxsus qabulxonasiga tuşişingizga olib keladi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

×