Yana bir sohada qonunbuzarlik haqida xabar bergan fuqarolarga pul beriladi

Yana bir sohada qonunbuzarlik haqida xabar bergan fuqarolarga pul beriladi

Normativ-huquqiy hujatlar loyihalari muhokamasi portalida “Yerdan foydalaniş töğrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilişini taʼminlaş hamda bu sohada davlat nazoratini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident farmoni loyihasi joylaştirildi.

Unga köra, 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş, yer uçastkalaridan maqsadsiz foydalaniş, ularda noqonuniy obʼektlar quriş hamda tegişli hujjatlarda belgilanganidan ortiqça yerdan foydalaniş töğrisida aniqlangan holatlar haqida xabar bergan şaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan BHMning 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.

Qonun loyihasida belgilanişiça, 2021 yil 1 avgustdan boşlab yangi ajratilgan yer uçastkasi yoki qurilgan (qurilişi tugallanmagan) boşqa köçmas mulk obʼektining fasad qismida ularning egalari tomonidan QR-kod joylaştiriladi.

Şu maqsadda 1 avgustgaça barça yer fondi uçastkalari, bino va inşootlar, şu jumladan yengil qurilmalar xatlovdan ötkazilib, davlat reyestriga QR-kod biriktiriladi.

Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligining tuman (şahar) bölinmasi:

•    yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallaş hamda tegişli ruxsat beruvçi hujjatlarda belgilanganidan ortiqça yerdan foydalaniş holatlari yuzasidan uşbu obʼektga kiriş uçun vaqtinça çeklaş böyiça dalolatnoma tuziladi va zarur hollarda uning atrofi töliq lenta bilan örab olinadi;

•    vaqtinça çeklov örnatilgan özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkasi (bino, inşoot)ni böşatiş, unda joylaşgan noqonuniy quriliş obʼektini ixtiyoriy buzib taşlaş töğrisida qurilişni amalga oşirgan (oşirayotgan) jismoniy şaxsga yoki yuridik şaxsning rahbariga (uning vakiliga) qatʼiy hisobi yuritiladigan raqamlangan maxsus ogohlantiruvçi yozma körsatma beradi.

Yozma körsatma talabi 15 kunlik muddatda bajarilmaganda:

•    Agentlikning vakolatli mansabdor şaxsi tegişli maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuzadi hamda noqonuniy quriliş obʼektini majburiy buzdiriş, özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkasi (bino, inşoot)ni böşatiş va yer maydonini öz holatiga keltiriş böyiça sudga daʼvo arizasi kiritadi;

•    Özboşimçalik bilan imorat quriş natijasida huquqlari buzilgan şaxs(lar) yoxud vakolatli boşqa davlat organi tomonidan noqonuniy quriliş obʼektini majburiy buzdiriş böyiça sudga daʼvo arizasi kiritilişiga ruxsat beriladi.

Yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallaş hamda tegişli ruxsat beruvçi hujjatlarda belgilanganidan ortiqça yerdan foydalaniş holatlari yuzasidan uşbu obʼektga kiriş uçun vaqtinça çeklaş talabiga böysunmaslik hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik etib baholanadi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortiş uçun asos hisoblanadi.

2022 yil 1 sentyabrdan:

•    Agentlikning vakolatli mansabdor şaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni rasmiylaştiriş va körib çiqiş maxsus dasturiy taʼminot örnatilgan mobil qurilma (keyingi örinlarda – planşet) orqali maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnomani tuzadi va huquqbuzarga axborot-telekommunikatsiya tarmoği orqali uşbu bayonnomaning elektron yoki qoğoz şaklini taqdim etadi;

•    bayonnomani tuzuvçi mansabdor şaxs huquqbuzarning biometrik hujjatlarini planşet yordamida yoki yuz tuzilişini rasmga olib yoxud barmoq izlarini tuşiriş orqali real vaqt rejimida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi va (yoki) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi bazasidan uning şaxsini aniqlaydi;

•    huquqbuzar bayonnomada körsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni özi sodir etganligiga eʼtiroz bildirmagan taqdirda, u bayonnomani planşetdagi maxsus skanerlovçi uskuna orqali barmoq izlarini tuşiriş yöli yoki elektron grafik imzosi bilan tasdiqlaydi. Huquqbuzar özining jismoniy nuqsoni tufayli bayonnomani öqiş yoki imzolaş imkoniyatiga ega bölmasa, bayonnoma unga öqib eşittiriladi va vakolatli mansabdor şaxs tomonidan bu haqda bayonnomaga belgi qöyiladi;

•    huquqbuzarga tayinlangan jarimani “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimi orqali masofaviy tölaş imkoniyati yaratiladi.

2021 yil 1 sentyabrdan boşlab yerga oid huquqbuzarliklar haqidagi maʼlumotlarni aniqlaş, töplaş, qayta işlaş, saqlaş, şuningdek yerga oid huquqbuzarlik işlarini körib çiqiş tartibotlar “E-YER NAZORAT” avtomatlaştirilgan axborot tizimi (keyingi örinlarda – “E-YER NAZORAT” AAT) orqali amalga oşiriladi hamda Agentlik uning operatori hisoblanadi.

“E-YER NAZORAT” AATga yerga oid huquqbuzarliklarni öz vaqtida kiritiş va huquqbuzarlik işlarini körib çiqiş natijalari töğrisida maʼlumotlarni joylaştiriş uçun Agentlik, Boş prokuratura, Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy bölinmalari, Içki işlar vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi va ularning hududiy bölinmalari hamda tegişli mahalliy davlat hokimiyati organlari masʼul hisoblanadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Agentlik, Quriliş vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi hududlarda yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallaş, tegişli maʼmuriy hujjatlarda belgilanganidan ortiqça yerdan foydalaniş holatlari hamda özboşimçalik bilan qurilgan imoratni aniqlaş uçun şaxsan javobgar hisoblanadi.

Belgilanişiça:

•    özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalarini monitoring qiliş Agentlik tomonidan har yili 1 martga qadar tasdiqlanadigan reja asosida amalga oşiriladi;

•    yerlardan foydalaniş töğrisidagi qonun hujjatlariga sözsiz rioya etilişini monitoring qiliş tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;

•    yerlarni monitoring qiliş, ularni xatlovdan ötkaziş va ölçaş, şuningdek köçmas mulkni davlat röyxatidan ötkazmaslik va yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş böyiça maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni körib çiqiş Tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimida röyxatga olinmagan holda amalga oşiriladi;

•    uçinçi şaxsga tegişli bölmagan yoki nizo predmeti hisoblanmagan öz hududiga tutaş yer uçastkasida şaharsozlik hujjatlari asosan umumiy yer uçastkasining 2 foizigaça bölgan maydonda özboşimçalik quriliş işlarini (joylaştiriş) amalga oşirganlik (egallab olganlik) har bir sotix va foydalanilgan yil davri uçun mazkur yer toifasiga belgilangan yer soliği stavkasiga nisbatan 100 karra miqdorida tölov amalga oşirgan jismoniy va yuridik şaxslarga, uşbu yer uçastkasiga bölgan huquqi rasmiylaştiriladi va mulk obʼektlariga bölgan huquqlarning davlat reyestrida özgartiriş kiritiladi (muhofaza zonalari hududlarida özboşimçalik bilan egallab olgan yer uçastkalari bundan mustasno). Uşbu mablağlar töliq Respublika byudjetiga yönaltiriladi;

•    2021 yil 1 sentyabrdan boşlab foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş, yer uçastkalaridan maqsadsiz foydalaniş, ularda noqonuniy obʼektlar quriş hamda tegişli hujjatlarda belgilanganidan ortiqça yerdan foydalaniş töğrisidagi yangi aniqlangan holatlar qayd etilgan xabar bergan şaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan bazaviy hisoblaş miqdorining ön foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi;

•    Agentlikning dasturiy taʼminotini qayta işlaş, zarur bölgan texnik uskunalar, server, planşet, dasturlarni va boşqa moddiy-texnika aşyolarini xarid qiliş bilan boğliq xarajatlar Agentlikning byudjetdan taşqari jamğarmasi mablağlari hisobidan qopalanadi.

Maʼlumot uçun, fuqarolar notöğri joyda axlat taşlangan holatlar, litsenziya sohasidagi qonun buzilişlari, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar hamda yöl harakati qoidabuzarligi haqida xabar berganliklari uçun ham pul mukofoti beriladi.

×