Özbekistonning Farğona vodiysida joylaşgan viloyatlarida 17 aprel kuni soat 9:34 da yerosti silkinişlari sezildi, deya xabar bermoqda FVVning Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi.
«Gazeta.uz»ning aniqlik kiritişiça, zilzila epitsentri Namangan viloyatining Uyçi tumani hududida, Namangan şahridan 7 kilometr masofada joylaşgan. Epitsentrda magnituda 4 ni taşkil etgan, zilzila öçoği 10 kilometr çuqurlikda bölgani aytilmoqda.
Qöşimça qilişlariça, yerosti silkinişlari kuçi Namangan şahrida 4 ballni, Andijon şahrida (zilzila epitsentridan 57 kilometr masofada) 2 ballni, Farğona şahrida (71 kilometr masofada) 2 ballni taşkil etgan.
Farğona vodiysi viloyatlarida 29 mart kuni ham yerosti silkinişlari sezilgan, öşanda zilzila epitsentri Qirğizistonda joylaşgani taʼkidlangan edi. Şuningdek, 26 mart kuni Tojikiston bilan çegara hududida yuz bergan zilzila kuçi Özbekistonning deyarli barça şaharlarida sezilgan edi.









