2019 yilning 26 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Aybingni topmagunça qöyib yubormayman yoxud zamondan ortda qolgan YPX xodimi» sarlavhasi bilan Toşkent viloyati Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori va haydovçi örtasidagi muloqot jarayoni tasvirlangan videolavha tarqaldi va keng muhokamalarga sabab böldi.
Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berişiça, mazkur holat Toşkent viloyati IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan örganilib çiqilgan.
Maʼlum qilinişiça, jarayonda Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori serjant J.Abdurahmonov tomonidan bir qator qöpol kamçiliklarga yöl qöyilgan. Xususan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qaror talablarini buzilgan. Hozirda unga nisbatan Toşkent viloyati IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda. Yakuniy xulosaga köra serjantga qonun doirasida tegişli çoralar köriladi, deyiladi IIBB axborot xizmati xabarida.









